Ernst Thälmann
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Ernst Thälmann | |
Olmoniya Kommunist Partiyasi rahbari |
|
| Tavallud sanasi: | 16-aprel, 1886-yil |
| Tavallud joyi: | Hamburg, Olmoniya |
| Vafot sanasi: | 18-avgust, 1944-yil (58 yoshda) |
| Vafot joyi: | Buxenvald, Olmoniya |
Ernst Thälmann (talaffuzi: Ernst Telmann; 16-aprel 1886 – 18-avgust 1944) Weimar Respublikasi davrida Olmoniya Kommunist Partiyasi (KPD) rahbari boʻlgan. U Gestapo tomonidan 1933-yili hibsga olinib, oʻn bir yil davomida qamoqda saqlangan. 1944-yili Adolf Hitler buyrugʻiga binoan Buchenwald konsentratsion lagerida otib oʻldirilgan.
Thälmann dunyo kommunistlari orasida sharaflangan, jumladan SSRI davrida Toshkentdagi xiyobonlardan biri uning nomi bilan atalardi.