Enrico Caruso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Enrico Caruso
Tavalludi 24-fevral 1873 va 25-fevral 1873
Vafoti 2-avgust 1921[1][2][3]
Fuqaroligi Italiya qirolligi
Otasi Marcellino Caruso
Onasi Anna Baldini

Karuzo Enriko (italyancha: Enrico Caruso; 1873.24.2 - Neapol — 1921.2.8) — italyan xonandasi (tenor), belkanto sanʼatining yirik namoyandasi, jahon opera ijrochiligining atoqli vakillaridan. Yoshligida cherkov xoriga qatnashgan. 1894—1901-yillarda Italiya va Qohira opera teatrlarida ishlagan, 1903-yildan "Metropoliten-opera" (Nyu-York) teatrining yakkaxoni. 1898-yildan Jan. va Shim. Amerika hamda Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Ijrosi — dramatik joʻshqinligi, serzavqligi hamda oʻzigagina xos samimiyligi bilan ajralib turadi. Hajmdan keng va kuchli, nihoyatda jozibali ovoz sohibi Karuzo repertuaridan jami 80 dan optiq, opera partiyalari oʻrin olgan. Shu bilan birga Karuzo mumtoz cherkov musiqasi asarlari, mumtoz romanslar, neapolitan va b. xalq qoʻshiqlarini nozik did bilan talqin etgan.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]