Elektron raqamli imzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektron raqamli imzo- Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o`zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo`qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. (qonun)Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qog`oz hujjatga shaxsan qo`yilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir. Elektron ma’lumotlarni kriptografik o`zgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo ma’lumotlar blokiga qo`shib qo`yiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va ma’lumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yo`li bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qo`yganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari ro`yxatga olish markazlari tomonidan beriladi.


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.