Elektrodinamika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elektrodinamika — fizikaning elektromagnit hodisalarni oʻrganish bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Klassik E., kvant E. va harakatlanuvchi muhit E.sidan tarkib topgan. Klassik E. ikki qismdan iborat; 1) klassik makroelektrodinamika — makroskopik elektromagnit hodisalarning klassik nazariyasi; uning asosiy qonuniyatlarini J. Maksvell tenglamalari ifodalaydi; 2) klassik mikroelektrodinamika — mikroskopik elektr harakatlarining klassik nazariyasi, uning asosiy qonunlarini Maksvell — Lorents differensial tenglamalari ifodalaydi. Kvant E. juda kichik fazo va vaqt oraligʻida oʻzgaruvchi elektromagnit maydoni va zaryadli zarralar bilan oʻzaro taʼsirini uning uzunliklari xossalari, yaʼni kvant xossalarini eʼtiborga olgan holda oʻrganadi va elektromagnit hodisalarning kvant nazariyasi hisoblanadi. Harakatlanuvchi muhitlar E.sida harakatlanuvchi jismlarda roʻy beradigan elektromagnit hodisalar ularning xossalari, xususan, harakatlanuvchi muhitda tarqaladigan elektromagnit toʻlqinlarning tarqalish jarayoni oʻrganiladi. E.ning bu sohasi nisbiylik nazariyasi bilan bogʻliq.