Ekologik krizis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ekologik krizis, ekologik tanglik — ekologik sistemalar, alohida hududlar yoki biosfera miqyosidagi tabiiy ofatlar; toshqin, yer silkinishi, vulkanlar otilishi, qurgʻoqchilik, dovul, chigirtkalar ofati, yongʻin va boshqalar holatlar oqibatida yuz beradigan ekologik vaziyat. E.k.ning yuzaga kelishida, ayniqsa, odamning xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan antropogen omillar: daryolarni toʻsib suv oqimining oʻzgartirilishi, qoʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi, oʻrmonlarning kesilishi, kon qazish ishlarining olib borilishi alohida ahamiyatga ega. Tabiat qonunlarini bilmaslik yoki ularni nazarpisand qilmasdan tabiiy resurslardan foydalanish, zd va fkalar qurish, ichdan yonar dvigatellarning atmosferani ifloslantirishi natijasida ekologik muvozanatnish buzilishi E.k.ning kelib chiqishiga sabab boʻladi.