Ehtiyoj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ehtiyoj — insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga boʻlgan zaruriyat. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga boʻlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy koʻrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan taʼminlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab — bu pul bilan taʼminlangan ehtiyojdir.

Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan taʼminlanmasa, u „xohish“, „istak“ boʻlib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi, chunki narx oʻzgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham oʻzgaradi.

Shuningdek qarang[tahrir]

Havolalar[tahrir]

  • Ian Gough (1994) Economic Institutions and the Satisfaction of Human Needs. Journal of Economic Issues. vol. 28, no. 1 (March 9), pp. 25–66.