Edrian Edgar Duglas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Edrian Edgar Duglas (1889.30.11, London 1977.4.8) - ingliz fiziologi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1923 yildan; prezidenti 1950—55). Kembrij universitetini, Triniti kollejini tugatgan (1915) va shu kollejda fiziologiyadan leksiya oʻqigan (1937 yildan prof.; 1951 yildan rektor). Ilmiy faoliyati sezgi aʼzolari va nerv oʻtkazuvchanligi elektrofiziologiyasiga oid. E. birinchilardan boʻlib elektronikani fiziologik tadqiqotlarda qoʻllagan. Nobel mukofoti laureati (1932; Ch. Sherrington bilan hamkorlikda).