Echkisoqol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Echkisoqolmurakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yoki ikki yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda E.ning bir yillik krasheninnikov, koʻp yillik malik, IKKI yillik vvedenskiy, IKKI yillik turkiston, IKKI yillik kallakdor turlari oʻsadi. Koʻp yillik malik E.ining boʻyi 30—60 sm, poyasi baʼzan shoxlangan. Pastki barglari qalaminashtarsimon, eni 5–15 mm. Aprel— iyun oylarida gullab urugʻlaydi. Gullari qizil. Adir va togʻ zonalarida oʻsadi, begona oʻt tarzida ekinzorlarda uchraydi.