Dyuna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dyuna sxemasi
Kurshsk kosasidagi Efa dyunasi

Dyuna (nem. Dune) — shamol toʻplagan qum tepalari. Dengiz, daryo, koʻllarning toʻziydigan qumli sohillarida paydo boʻladi. Dyunaning shamolga qaragan tomoni sal qiya (8—20°), shamolga ters tomoni tik (30—40°) boʻladi. Balandligi 10— 30 metr, baʼzan 100 metr ga yetadi. Dyuna shamol taʼsirida yiliga bir necha metr siljib turishi mumkin. Gʻarb adabiyotida har qanday qum uyumi, iqlim sharoiti va shaklidan qatʼi nazar, Dyuna deb ataladi. Rossiyada choʻldan boshqa yerlar (dengiz, koʻl, daryo qirgʻoqlari, zandr dalalari)dagi qum uyumlari Dyuna deyiladi. Shamolga roʻpara tomoni uzun va oldidagi tik tomoni doʻmboq boʻlishi bilann Dyuna choʻldagi barxanlanishdan farq qiladi[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil