Dinamo (stadion, Samarqand)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Flag of Uzbekistan.svg "Dinamo Samarqand Stadioni"
«Dinamo Samarqand Stadioni»
Joyi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston , Samarqand
Qachon qurilgan 1963-yil
Qachon ochilgan 1963-yil
Hajmi 13.800
Maydon oʻlchamlari 112x72m
Maydon egalari
FK.Dinamo Samarqand

"Dinamo StadioniOʻzbekistonning Samarqand shahridagi koʻp maqsadli[1] stadion. Dinamo Samarqand futbol klubining uy arenasi hisoblanadi. Ushbu stadion koʻp maqsadli boʻlib, futboldan tashqari boshqa sport turlarini ham oʻtkazsa boʻladi. Stadion 1963-yili qurib bitkazilgan, o'sha paytlari stadion sig'imi 16.000 tomoshabinga mo'ljallangandi. Stadion Samarqandning Mirzo Ulugʻbek (sobiq Karl Marks) koʻchasida joylashgan. 2011-yili stadionda kapital rekonstruksiya ishlari olib borilganidan so'ng, stadion sig'imi 13.800 o'rindiqqa qisqartirildi. Tomoshabin to'plash bo'yicha rekordi 1999-yil "Doʻstlik" (Toshkent viloyati) ga qarshi oʻyinda oʻrnatilgan, ushbu o'yinda 35.000 dan koʻp ishqiboz tashrif buyurgan. 2012-yili rekonstruksiya ishlaridan keyin stadion zamonaviy holatga keltirildi. Stadionda: zamonaviy kiyinish xonalari, dush kabinalari, hakamlar xonasi, jurnalistlar, matbuot, sharhlovchilar va TV uchun maxsus xonalar, Matbuot anjumani zali, tibbiyot uchun xonalar, doping-nazorat xonasi, Restoran, Kafe-Bar, Klub va Stadion muzeyi, VIP va CIP o'rinlar bor. Stadion 112x72 metrli Daniyadan maxsus olib kelingan tabiiy chimdan iborat. Stadion chimining atrofini yugurish uchun moʻljallangan yoʻlak tashkil etadi. Hozirda "Dinamo Stadioni" O'zbekistonning FIFA talablariga javob beradigan eng yaxshi stadionlaridan biridir.

Stadion nomining boshqa tillarda yozilishi:[tahrir]

  • Flag of Uzbekistan.svg Dinamo Samarqand Stadioni
  • Flag of Tajikistan.svg Стадиони Динамо Самарқанд
  • Flag of Russia.svg Стадион Динамо Самарканд
  • Flag of the United Kingdom.svg Dynamo Samarkand Stadium
2012-yildagi restavratsiyadan oldingi koʻrinishi

Stadionning muxlislar to'plash bo'yicha rekordlari[tahrir]

  • 1999-yil: Dinamo Samarqand-Do'stlik Toshkent, 35.000 tomoshabin
  • 2001-yil: Dinamo Samarqand-Paxtakor, 16.000 tomoshabin

Stadion bilan bogʻliq qiziqarli faktlar[tahrir]

Eslatmalar[tahrir]