Dinamo (stadion, Samarqand)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dinamo Samarqand Stadioni
inglizcha: Dynamo Samarkand Stadium
"Dinamo Samarqand Stadioni"
Joyi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Samarqand
Qachon qurilgan 1961-1963-yil
Qachon ochilgan 1963-yil
Qachon taʼmirlangan 2007, 2011-2013, 2017-yillar
Hajmi 13.800
Maydon oʻlchami 112x72m
Maydon egalari
FK.Dinamo Samarqand

"Dinamo Stadioni — Oʻzbekistonning Samarqand shahridagi koʻp maqsadli[1] stadion. Dinamo Samarqand futbol klubining uy arenasi hisoblanadi. Ushbu stadion koʻp maqsadli boʻlib, futboldan tashqari boshqa sport turlarini ham oʻtkazsa boʻladi. Stadion 1963-yili qurib bitkazilgan, oʻsha paytlari stadion sigʻimi 16.000 tomoshabinga moʻljallangandi. Stadion Samarqandning Mirzo Ulugʻbek (sobiq Karl Marks) koʻchasida joylashgan. 2011-yili stadionda kapital rekonstruksiya ishlari olib borilganidan soʻng, stadion sigʻimi 13.800 oʻrindiqqa qisqartirildi. Tomoshabin toʻplash boʻyicha rekordi 1999-yil „Doʻstlik“ (Toshkent viloyati) ga qarshi oʻyinda oʻrnatilgan, ushbu oʻyinda 35.000 dan koʻp ishqiboz tashrif buyurgan. 2012-yili rekonstruksiya ishlaridan keyin stadion zamonaviy holatga keltirildi. Stadionda: zamonaviy kiyinish xonalari, dush kabinalari, hakamlar xonasi, jurnalistlar, matbuot, sharhlovchilar va TV uchun maxsus xonalar, Matbuot anjumani zali, tibbiyot uchun xonalar, doping-nazorat xonasi, Restoran, Kafe-Bar, Klub va Stadion muzeyi, VIP va CIP oʻrinlar bor. Stadion 112x72 metrli Daniyadan maxsus olib kelingan tabiiy chimdan iborat. Stadion chimining atrofini yugurish uchun moʻljallangan yoʻlak tashkil etadi. Hozirda „Dinamo Stadioni“ Oʻzbekistonning FIFA talablariga javob beradigan[2] eng yaxshi stadionlaridan biridir[3].

Stadionning muxlislar toʻplash boʻyicha rekordlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1999-yil: Dinamo Samarqand-Doʻstlik Toshkent, 35.000 tomoshabin
  • 2001-yil: Dinamo Samarqand-Paxtakor, 16.000 tomoshabin

Stadion bilan bogʻliq qiziqarli faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fotogalereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. FootballPlus.com saytida Oʻzbekiston stadionlari sahifasi izohlari bilan, 2008-09-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-11-30
  2. „Ўзбекистон Кубоги-2021. "Динамо" стадиони финалга тайёр“ (2021-yil 4-dekabr). 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  3. „«Динамо» – халқаро талабларга мос стадион“ (2012-yil 28-sentyabr). 2022-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  4. „O'zbekiston kubogi finallari“ (2016-yil 2-fevral). 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
  5. „Ўзбекистон Кубоги-2021. "Динамо" стадиони финалга тайёр“. 2023-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-aprel.