Diktator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻz davrining etuk diktatorlari
Flag of the Soviet Union.svg Sovet Ittifoqi,Boshqaruv davri,1924-yildan - 1953-yilning umrining soʻnggi lahzalarigacha,
Olmoniya bayrogʻi Germaniya,Boshqaruv davri,1933-yilning,30-yanvaridan  — 1945-yilni 30-aprelgacha ,
Italiya bayrogʻi Italiya ,Boshqaruv davri,1922-yilning,31-oktyabridan — 1943-yilni 25-iyuligacha,,
Ispaniya bayrogʻi Ispaniya ,Boshqaruv davri,1939-yilning 1-aprelidan — 1975-yilni 20-noyabrigacha,
Xitoy bayrogʻi Xitoy ,Boshqaruv davri,1943-yilning 20-martidan — 1976-yilni 9-sentyabrigacha,,
Chili bayrogʻi Chili ,Boshqaruv davri,1973-yilning 11-sentyabridan1990-yilni 11-martgacha ,

Diktator (lot. dicto soʻzidan olingan boʻlib — buyuraman, soʻzlayman, amr qilaman) degan maʼnolarni beradi. Ushbu soʻz ostida koʻpgina maʼnolar tushuniladi va keng maʼnoda uch guruhga boʻlinadi shuningdek:

  • Diktatura tartibi mavjud boʻlgan davlatlarda, davlat qonunlarining favqulodda tayinlangan va mahdudiyatsiz hokimiyatdagi ahamiyatga molik shaxs, davlat arbobi.
  • Qadimgi Rim Respublikasi davrida(Eramizdan avvalgi V asr — I asrning ikkinchi yarmi)senatning qarorlariga asosan hususiy tahlikali vaziyatlarda (harbiy tahlikalar va xavfsizlik) uzogʻi bilan 6 oy muddatga konsul etib tayinlangan salohiyatli shaxs.
  • Qattiqqoʻl va yagonalik hisini tuyayotgan rahbar, davlat idoralarida hamda millat tassarufidagi mahdud hokimiyatga ega boʻlgan shaxs.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi maʼlumotlariga koʻra quyidagilarni anglatadi[1]:

  • 1) Qad. Rimda yuqori lavozimdagi shaxs. Urushda va mamlakat ichida davlat uchun katta xavf tugʻilgan, juda mushkul favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan paytlarda tayinlangan. Diktator ayni bir vaqtda oliy fuqarolik, harbiy va sud hokimiyatiga ega boʻlgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ham Diktatorning qoʻlida boʻlgan, u oʻziga qarshi qaratilgan har qanday, hatto qonuniy xatti-harakatlardan ham qoʻrqmagan. Diktatorlik lavozimiga avval faqat patritsiylar, mil. av. 356 y.dan esa plebeylar ham qoʻyilgan. Mil. av. 1-a.da muddatsiz diktatura ham boʻlgan (maye. Sulla, Sezar va b.ning diktaturasi);
  • 2) cheklanmagan hokimi-yatga ega boʻlgan yakka hukmron shaxs, hokimi mutlaq;
  • 3) koʻchma maʼnoda — oʻz xohish-irodasini boshqalarga majburan qabul qildiruvchi shaxs.

Tarixdagi nazar[tahrir]

Qadimgi Rimda diktatorlik mansabiga tayinlanish navbatida ushbu masalalar vazifa sifatida qoʻyilgan: "Favquloddagi senatkonsultant " atamasi bilan, bir hil vaqtlarda esa senat deb yuritilgan hamda konsullik yoʻnalish maqsadiga halq tomonidan shunday tarif berilgan: „Mayliga konsullar fayz olib kelsin yaʼni davlat bu harobazordan chiqishi uchun“ va shu mansabga (yaʼni konsullikga) tayinlagan inson ushbu anʼanalarga qaʼtiy rioya qilishi va buzmaslik shartlari bilan saylanilgan. Keyinchalik konsullarni diktator atamasi bilan urf boʻlib halq orasida juda tez tarqaladi. Shu bilan birga diktatorlarni bir qismini liktor atamasi bilan ham atashgan lekin keyinchalik bu soʻz diktator soʻzi bilan bir hil maʼnoda yuritilib oʻzini ahamiyatini yoʻqotadi va izchillik darajasi diktatorlik sathidan keskin tushib ketadi. Diktatorlar liktorlarga nisbatan oddiy fuqarolik munosabatini yuritishishgan hamda barcha fuqarolarning va ularning hayoti- oʻlimi, halq minbaridan tashqari barcha inson huquqlari ustidan hukm chiqarish huquqiga ega boʻlishgan. Diktatorlikga tayinlangandan soʻng yordamchi sifatida „kommitslar (yigʻinlar) sarkardasi“ lavozimini tashkillashtirilgan. Diktator oʻz oʻrnida davlat hokimiyatining barcha ustuvorligini sohibi boʻlib uni bu mansabga tayinlanishida har doim harbiy havfsizlikni taʼminlash uchun saylanilgan. Tahminan eramizdan avvalgi IV asrda diktator ommaviy halq yigʻinlarida (Kommitsiya) qatnashish huquqiga ham ega boʻlmagan. Odatan diktatorlar omma oldida konsullardan keyingi oʻrinni egallagan mansab sohiblari boʻlishgan. Birichi bor eraimzdan avvalgi 356-yildan diktatorlik mansabiga faqatgina patrisiyalar(maʼnosi halq otasi degan atamani beradi) hamda plebeylar (Toʻldiruvchi degan maʼnoni beradi) loiq deb koʻrilib va baʼzi vaqtlarda anʼanalar vositachisi sifatida halq tomonidan saylanilgan. Keyingi Qadimgi Rim taʼrihiga nazar tashlasak bu erda oʻzining chegaralanmagan hokimiyat ustida qattiqlik bilan hukm surgan Sezar va Sulle shular jumlasidandir. Diktatorlik mansabi oʻzi bilan bir vaqtda monarhiya oqimi bilan hamohanglik qilib va eramizdan avvalgi 44 yil Mark Antoniy tomonidan ushbu mansab bekor qilingan.

Yangi davrdagi qayta tugʻilish[tahrir]

Yangi davrda(asosan Fransiyadagi inqilobdan soʻng) ushbu atama qadimiy tushunchalarning qayta oʻrganilish qatorida va favquloddagi vaziyatlarda chegaralanmagan hokimiyat ustida boʻlish asosida oʻzining keng doirasini shakllantirdi. Bu soʻz horijiy lugʻatlarda 1954-yil olimlar tomonidan bir necha aniqliklar kiritilib va shu maʼnolar keltirilgan: „Qaysidir boshqarma yoki hoʻjalik sohasida chegaralanmagan darajada hukmronlik qiladigan kimsa“ yaʼni bu erda diktatorlik yakkahonlikni talab qiladigan hokimiyat tomonidan tashkillashtiriladi. Chegaralanmagan hukmronlik anglatmaydiki diktator yagona hamda davlat ichki muammolarini yakkahon tartibligida hal qilishiga izn bermaydi va jismoniy jihatdan bu mushkul. Diktator davlat ichidagi taqsimlangan organlar va oliy hokimiyatni oʻzining koʻrsatmalari bilan ish yuritishiga undashi yoki majbur qiladi. Yangi davrning va hozirgi zamonamizning vaqt koʻrsatkichlari va mamlakatlar orasida diktatorlik sharafiga ega boʻlgan insonlar talaygina va bular oʻz oʻrnida : Adolf Gitler, Benito Mussolini, Fransisko Franko, Antoniu di Salazar, Nikolae Chaushesku, Augusto Xose Ramon, Pinochet Ugarte, Kim Ir Sen, Mao Tszedun, Pol Pot, Idi Amin, Mobutu Sese Seko, Jan-Bedel Bokassa, Saddam Xusayn va boshqalar.[manba kerak]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir]