Dias Rahmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dias Nigʻmatovich Rahmatov
Tavalludi 27-fevral 1937-yil
Vafoti 18-avgust 2013-yil(2013-08-18)
(76 yoshda)
Kasbi aktyor
Faoliyat yillari 1957-2013
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2008)

Dias Nigʻmatovich Rahmatov (1937 — 2013) oʻzbek artisti, teatr va kino aktyori boʻlgan. Dias Rahmatov 1937-yil 28-fevral kuni tugʻilgan. Ismi Ispaniya ozodlik harakati yoʻlboshchisi José Díaz sharafiga qoʻyilgan.[1]

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1957-yil Hamza nomidagi akademik drama teatri (hozirgi Oʻzbek Milliy akademik drama teatri)da mehnat faoliyatini boshlagan, 1959-yil esa Toshkent teatr va rassomchilik institutini bitirgan.[2]

„Suyunchi“ (1982), „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (1984), „Armon“ (1986), „Maysaraning ishi“ (1988), „Abdullajon“ (1991), „Bomba“ (1993), „At-Termiziy“ (1998), „Fellini“ (1999), „Kichkina odamlar“ (2008) va qator boshqa filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan.[3]

Dias Rahmatov, shuningdek, teatr va kino sohasidan tashqari, oʻzbek dublyajida ham samarali mehnat qilib, oʻnlab, yuzlab qahramonlarga ovoz bergan. Jumladan, Georgiy Vitsin oʻzbek kinoixlosmandlari orasida aynan Dias Rahmatov ovozi bilan mashhurlashgan.

Unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dias Rahmatov 2008-yili „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Dias Rahmatov 2013-yili 76 yoshida vafot etdi.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ovozi bilan mashhur bo’lgan aktyor, 2013-07-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-08-20
  2. Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист Диас Рахматов вафот этди
  3. Рахматов Диас Нигматович, 2013-08-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-08-20
  4. „Диас Раҳматов вафот этди“. kun.uz. 2013-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-avgust. (Wayback Machine saytida 2013-08-21 sanasida arxivlangan)