| Shahar
Dessau-Roßlau
| Gerb |
 |
|
Dessau — Germaniyadagi shahar, Saksoniya-Anxalt yerida. Aholisi 96 ming kishi chamasida (1990-y.lar oʻrtalari). Milda daryosining Elbaga quyilish yeriga yaqin joydagi port. Transport yoʻllari tutuni. Sanoatining asosiy tarmogʻi — mashinasozlik: sement va konchilik sanoati uchun jihozlar, vagon-muzlatgichlar, dare kemasozligi. Elektrotexnika, priborsozlik, kimyo, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Muzeylar, kartinalar galereyasi bor. Shahar 1944—45 y.larda vayron boʻlgan, urushdan soʻng qayta tiklangan. Meʼmoriy yodgorliklardan gersoglar saroyi (1530—1588) va b. saqlangan. [1]
Dessau-Roßlau Olmoniyaning Saksoniya-Anhalt yerida joylashgan shahardir. Maydoni – 244,62 km2. 90 507 nafar aholi istiqomat qiladi (2007).
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Andoza:Commonscat-inline