Dermatomiozit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dermatomiozit (dermato... va yun. myos — muskul) — koʻpincha muskul, teri va nerv zararlanishi bilan oʻtadigan va kollagenoz turkumiga mansub umumiy kasallik; oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir yoki surunkali boʻladi. Aksari sil, ich terlama, gripp kabi yuqumli kasalliklardan keyin roʻy beradi. Yoshlar va ayollarda koʻproq uchraydi. Dastlab yuz, keyinroq oyoq-qoʻl va badanda kizil, koʻkimtir dogʻlar, tuguncha, pufakchalar paydo boʻladi, Ular anchagina joyni egallashi, hatto butun badanga tarqalishi mumkin, Keyinchalik pufakchalar soʻrilib, oʻrnida qoramtir dogʻ qoladi, teri yupqalashadi (atrofiya). Ogʻiz, tomoq, koʻz shilliq qavati, oyoq-qoʻl, qovurgʻalar orasi, umurtqalar atrofi, hatto koʻz kosasi muskullari ham kasallanadi; bemor darmonsizlanib, tez charchaydigan boʻlib qoladi, baʼzan, harorati koʻtariladi. Ushbu jarayonda plevrit, endokardit kabi kasalliklar paydo boʻladi. Davo bemorning umumiy ahvoliga qarab tayinlanadi (asosan kortioksteroidlar buyuriladi).

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil