Depressiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Depressiya — ruhiy kasallik boʻlib, u odamda hayotga boʻlgan umidsizlik, odamlarga boʻlgan ishonchsizlik, tushkunlik, yolgʻizlik, stress, toʻxtovsiz xavotirlanish va shu kabi yomon [negative] xissiyotlarni uygʻotishi mumkin. Oʻta jiddiy xolatlarda, baʼzilar sigaret chekish, spirtli ichimliklar ichish, meyoridan ortiqcha uxlash kabi yomon illatlar bilan oʻzlarini chalgʻitishga urinishadi.


Depressiya (lot. depressio — bosilish, susayish) (iqtisodiyotda) — iqtisodiy tanglik natijasida va undan keyin boshlanadigan turgʻunlik davri. Bu davrda i.ch. oʻsmaydi, iqtisodiy jonlanish yuz bermaydi, isheizlar soni koʻpayadi, narxlar bir meʼyorga kelgan boʻlsa ham tovar va xizmatlarga talab past boʻladi. Tovar zaxiralari koʻpaymaydi, uning maʼlum qismi arzon bahoda sotiladi. Arzon sotilgan mahsulotlar oʻrnini qoplash uchun i.ch. harajatlarini kamaytirishga, ish haqini pasaytirishga, mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan choratadbirlar koʻriladi. Tanglikdan keyingi D. iqtisodiy tanglik yakuniy bosqichga oʻtganligini va iqtisodiyotda jonlanishni, soʻngra yuksalishni kutish mumkinligidan darak beradi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil