Denudatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Denudatsiya (lotincha: denudatio — ochilib qolish, ochilma) — yemirilgan togʻ jins, boʻlaklarining yer yuzasi pastqam joylariga suv, shamol, muzlik va bevosita oʻz ogʻirlik kuchi taʼsirida siljib borib toʻplanishi jarayonlarining majmui. D. jadalligiga va harakteriga tektonik harakatlar, joyining iqlimi, togʻ jinslarining mineral tarkibi, tuproqoʻsimlik qoplamining tuzilishi va inson faoliyati kuchli taʼsir qiladi. D. uzoqdavom etganda yer yuzasining relyefi tekislanadi, ayrim joylari pasayadi, pastte-kislik va peneplenlar tarkib topadi. Bular keyinchalik boʻladigan tektonik harakatlardan koʻtarilib togʻlarning suvayirgʻich qismida va yon bagʻirlarida baland denudatsion tekisliklar xreil qiladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil