Demosfen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻtish: foydalanish, Qidir
Demosfen
Δημοσθένης
Demosthenes orator Louvre.jpg
Qadimgi yunon arbobi
Tavallud sanasi: mil. av. 384
Tavallud joyi: Afina
Vafot sanasi: mil. av. 322
Vafot joyi: Poros

Demosfen (yun. Δημοσθένης; EA 384 — EA 322) qadimgi yunon davlat arbobi, notiq boʻlgan.

[tahrir] Tarjimai holi

Umrini ona-vatanining gullab-yashnashiga bagʻishlagan davlat arbobi, mashhur notiq Demosfen eramizdan avvalgi 384-yilda Afinada oʻziga toʻq oilada dunyoga keldi. Otasining ismi ham Demosfen boʻlib, qurol-yaroq ustaxonasining egasi edi.

Boʻlajak notiq 5 yoshga toʻlganida otasidan ajraldi. Demosfen bilan singlisiga otasidan katta meros qoldi. Bolalarning tarbiyasi bilan ularning togʻasi shugʻullandi. Biroq togʻasi hamma boyliklarni qoʻlga kiritgach, bolalarning tarbiyasi bilan qiziqmadi. Shuning uchun Demosfen juda nimjon va kasalmand boʻlib oʻsadi.

Demosfen voyaga yetgach, togʻasi unga faqat qullari, uy va uy jihozlarini hamda pulning maʼlum qisminigina berib aldaydi. Demosfen togʻasidan qolgan mol-mulkni yaxshilik bilan qaytarib berishni soʻraydi. Biroq togʻa bundan bosh tortganidan keyin u qolgan merosni sud orqali undirishga harakat qiladi. Sudda muvaffaqiyatli qozonish uchun Afinaning davlat qonunlarini yaxshi bilish, shu bilan birga, ravon soʻzlash, daʼvosining toʻgʻriligiga kishilarni ishontirish kerak edi. Shu sababli Demosfen notiqlik saʼnatini oʻrganish uchun oʻz davrining meros ishlari boʻyicha mashhur advokat Isey maktabida taʼlim olishga majbur boʻladi.

Koʻrinishlar<!--Views-->
Shaxsiy uskunalar
o‘zgarishlar / ўзгаришлар