Dekart koordinatalar tizimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dekart koordinatalar tizimi — tekislik yoki fazodagi toʻgʻri chiziq koordinatalar tizimi. Rene Dekart kiritgan (1637). Bir nuqta (koordinatalar boshi) dan oʻtadigan ikki O_x va O_y oʻq (tekislikda) yoki uch O_x, O_y va O_z oʻqdan (fazoda) iborat. Bunda koordinata oʻqlariga qoʻyiladigan uzunlik birliklari oʻzaro teng boʻladi. Koordinata oʻqlari oʻzaro tik boʻlgan Dekart koordinatalar tizimi toʻgʻri burchakli koordinatalar tizimi deb ataladi. Dekart koordinatalar tizimi deganda koʻpincha aynan shu tizim tushuniladi, umumiy Dekart koordinatalar tizimi esa affin koordinatalar tizimi deb ataladi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil