Davron Fayziyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jurnalist Davron Fayziyev bilan adashtirib yuborilmasin.
Davronjon Orifovich Fayziev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Davron Fayziev
Tavallud sanasi 14-yanvar 1976-yil (1976-01-14) (48 yosh)
Tavallud joyi Samarqand, O'zbekiston SSR SSSR
Boʻyi 1.82 m (5 ft 11 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011 Soʻgʻdiyona 14
1996 MHSK 24
1997-1999 Soʻgʻdiyona 86 (7)
2000 Dinamo 36 (7)
2000-2001 CSKA Moskva 23
2002 Alania Vladikavkaz 12
2003 Navbahor Namangan 13 (1)
2003-2006 Nasaf Qarshi 93 (4)
2007-2008 Dinamo 58 (7)
2009 Soʻgʻdiyona 27 (6)
Milliy terma jamoa
1997-2007 Oʻzbekiston 26 (2)
Boshqargan klublari
2012-2017 Soʻgʻdiyona
2018-2019 Dinamo
2020-2021 Qoʻqon 1912 assistent
2021 Buxoro
2022-2023 Qoʻqon 1912
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Davron Fayziyev (oʻzbek: Davron Fayziyev) (1976-yil 14-yanvar, Samarqand, Oʻzbekiston) — nafaqadagi oʻzbek professional futbolchisi va murabbiyi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayziev himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynadi. U Oʻzbekiston va Rossiya Premer-ligasining koʻplab klublarida, jumladan, CSKA Moskva va Alaniya Vladikavkazda oʻynagan. Professional faoliyatini 1993-yilda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida boshlagan. 1996-yilda MHSK safida bir mavsum oʻynadi. 2000-yilgi mavsumni Samarqand-Dinamo klubida oʻtkazgan, biroq oʻsha yilning yozida Rossiyaga koʻchib oʻtgan, u yerda CSKA Moskvada oʻynagan. 2001-yil dekabr oyining oxirida CSKA futbol klubi rahbari Marian Plaxetko uning transferga qoʻyilganini bildi va bir necha hafta oʻtgach, u Alaniyaga  sinov uchun keldi va tez orada shartnoma imzoladi.[1] 2003-yilda vataniga qaytib, „Navbahor“ va „Nasaf“ klublarida toʻp surgan. 2007-yildan Samarqandning „Dinamo“ klubida oʻynagan va u bilan ikki yillik shartnoma imzolangan,[2] muddati tugagach, „Soʻgʻdiyona“ga qaytdi. 2010-yilda „Xorazm“da oʻynagan. Faoliyatini „Soʻgʻdiyona“ klubida yakunlagan.

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997-yil 29-sentyabrda 1998-yilda futbol boʻyicha jahon chempionati saralash bosqichida Kambodjaga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston terma jamoasida 4:1 hisobida gʻalaba qozongan. U 1997—2007-yillarda milliy terma jamoa safida 26 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan.[3]

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Fayziev futbolchilik faoliyatini yakunlab, „Soʻgʻdiyona Jizzax“ jamoasini boshqara boshladi. 2012-yilda „Soʻgʻdiyona“ bilan Birinchi ligada 1-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston ligasiga yoʻl oldi.[4] 2017-yil natijlar yomonlashuvi sababli istefoga chiqarildi.[5] 2018-yil mavsum boshida Pro liga vakili Samarqandning „Dinamo“ klubi bilan shrtnoma imzoladi.[6][7] 2021-yil „Buxoro“ klubi bilan shartnoma imzoladi.[8] Hozirda „Qoqon 1912“ jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.[9][10] 2024-yil yanvar oyidan "OKMK" jamoasida murabbiylar shtabi a'zosi[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Даврон Файзиев: Готов продолжить традицию земляков“. 13-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2015-yil.
  2. „Даврон Файзиев может остаться без работы“. 13-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2015-yil.
  3. „Даврон Файзиев. Биография“. 13-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2015-yil.
  4. „Файзиев 5 йиллик фаолиятдан сўнг "Сўғдиёна"ни тарк этди“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2022-yil.
  5. „"Сўғдиёна": Даврон Файзиев ўз аризасига кўра вазифасидан озод қилинди“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2022-yil.
  6. „Даврон Файзиев - «Динамо» бош мураббийи“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2022-yil.
  7. „Суперлигада навбатдаги истеъфо“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2022-yil.
  8. „Расман: Даврон Файзиев "Бухоро" бош мураббийига айланди“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2022-yil.
  9. „Расмий хабар: Даврон Файзиев – "Қўқон-1912" бош мурабиийи!“. 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2022-yil.
  10. „Расман: Даврон Файзиев "Қўқон-1912" бош мураббийлигидан истеъфога чиқарилди“. 2023-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-aprel.
  11. „“Қўқон-1912" собиқ бош мураббийи ОКМКда иш бошлади“ (2024-yil 20-yanvar).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]