Dasta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dasta — 1) buyum va asboblarning ushlanadigan qismi; 2) bir oʻram, bir tutam maʼnosini ham anglatadi (bir D. gul, bir D. qogʻoz); 3) torli sozlarning chap qoʻl bilan ushlanadigan qismi (grif). Tanbur, sato, dutor, rubob singari anʼanaviy sozlarning D.lari nisbatan uzunroq boʻlib, ularga ichak yoki ip pardalarn bogʻlanadi. Ayrimlariga yogʻoch, suyak pardalar ham yelimlab yopishtiriladi yoki sim, metall pardalar oʻrnatiladi. Ijrochi D.ning pardalariga barmoqlar bilan bosib, tor tovushlarining pastbalandligini oʻzgartiradi. Gʻijjak, doʻmbira kabi sozlarning D.si pardasiz. Bunday cholgʻularda tovushlarning oʻrni sozandaning barmoqlari bilan musiqa uquvi orqali topib bosiladi; 4) musiqa asari ijrochilari guruhi — ayni ansambl.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil