Darxan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Darxan — Mongoliya shim.dagi shahar. Aymoq huquqiga tenglashtirilgan alohida maʼmuriy birlik. Haragoʻl va Shiringoʻl daryolari oraligʻida. Aholisi 72,6 ming kishi (1999). Kattaligi va iqtisodiy ahamiyati jihatdan UlanBatordan keyin 2-oʻrinda turadi. TransMongoliya temir yo'l magistralining muhim punkti. Darxan 1960-yilgacha kichik bir qishloq. edi. 60-yillarda xorijiy davlatlar yordami bilan Darxanda Sharingoʻl koʻmir konlarini oʻz ichiga olgan sa-noat-energetika kompleksi barpo etildi. Sement va temirbeton panellari zavodlari, poʻstin-moʻyna fabrikasi, oziq-ovqat korxonalari, uyqurilish kombinatlari, issiklik elektr styalari bor.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil