Damba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Damba, koʻtarma — daryo oʻzani va qayirlarida suv yoʻlini toʻsish yoki oqim yoʻnalishini oʻzgartirish uchun quriladigan tuproq koʻtarma koʻrinishidagi gidrotexnika inshooti. D. bosimli va bosimsiz turlarga boʻlinadi.

Bosimli yoki ihota D. soqildagi pasttekisliklarni suv bosishdan saqlash uchun daryo, kanal, suv ombori va sh.k.ning qirgʻoqlarini koʻtarish (toʻsuvchi-himoya D.) va bosimli gidrotexnika inshootlarini qirgʻoq bilan tutashtirish (tutashtiruvchi D.) maqsadlarida barpo etiladi. Oʻrta Osiyo daryolari tez oqishi va oʻzani tez-tez oʻzgarib turganligi sababli aksariyat qirgʻoq D.lari baʼzida qoʻshqavat qilib quriladi. Mac, Amudaryoning qirgʻoqlari tez-tez yuvilib turadigan quyi oqimida bal. 1,5—3 m, uz. qariyb 900 km boʻlgan himoya D.si barpo etilgan. Bu koʻtarmalar, ayniqsa yozgi toshqin (25—30, baʼzida 45 kungacha) va kishki muzlar tiqilib qoladigan (10—20 kun) davrlarda suvning kuchini qaytaradi (q. Deygish). Bosimsiz D.lar oʻzanni tartibga solish va toʻgʻrilash, suv olgich va suv oʻtkazgich inshootlar ishini yaxshilash maqsadida oqim yoʻnalishini oʻzgartirish uchun quriladi. Ular suvga koʻmilishi yoki koʻmilmasligi mumkin. Oqim yoʻnalishiga nisbatan joylashishiga koʻra koʻndalang yoki boʻylama D.ga boʻlinadi. D., asosan, mahalliy qurilish materiallari — qum-tuproq, tosh, tuproq, shox-shabba va sh.k.dan barpo qilinadi. D.lar koʻpincha tosh-tuproqdan yasaladi, mexanizatsiyani qoʻllash qulay va qurilishni uzluksiz olib borish mumkin boʻlgani uchun bu D.lar nisbatan tez bitadi. D. uyma, yuvma (suv oqizib keltirgan choʻkindilarni gidromexanizatsiya vositalarini qoʻllab, qirgʻoqqa uyish) va kombinatsiyalashtirilgan (pastki qismi yuvma va ustki qismi uyma) usulda quriladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Amin Muhamedov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil