DJ Piligrim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


DJ Piligrim
Maʼlumot
TaxallusiDJ Pilligrim, Ila
Tavallud topgan sanasi va joyi1976-yil, 10 iyun, Toshkent, Oʻzbekiston
Yo'nalishiPop, Dance
KasbiDJ, qoʻshiqchi
Faoliyat yillari1998 - Hozirgi vaqtgacha
YorliqGC Records
Piligrim Records
Veb-sahifasiwww.djpiligrim.com

DJ Piligrim (asl ismi: Ilhom Yoʻlchiyev Isroilovich) Toshkent shahri, 10 iyun 1976-yil — oʻzbek DJi va qoʻshiqchis. Oʻzbek, rus va ingliz tillarida qoʻshiqlar yozadi. „Piligrim“ soʻzi „ziyoratchi“ maʼnosini anglatadi. DJ Piligrim „Ti menya zabud“ qoʻshigʻi bilan MDH mamlakatlarda tanilgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

DJ Piligrim oʻz faoliyatini 1998-yili, GC Records bazasida, Dmitriy Levin bilan birgalikda boshlagan. Ilk hitlaridan biri „Mne ne jit bez tebya“ („Sensiz yasholmasman“) oʻsha paytlarda yangilik boʻlmish FM-radiolarida tez-tez qoʻyilardi. Keyinchalik Piligrim „Koʻk choy“, „O Leyla“, „Ya skuchayu“ („Sogʻinaman“), „Koʻr boʻlsin“, „Ti menya zabud“, „Oazis“ kabi ashulalari bilan yanada kengroq mashhurlikka erishdi.

DJ Piligrim boshqa musiqachilar bilan ham ijod qilib keladi. Jumladan, uning birinchi „Nocherom, vecherom, kecherom“ albomidagi „Unutma meni“ (Diana Sharapova bilan), „Veter peremen“ („Oʻzgarishlar yeli“; Sevara Nazarxon bilan), „Tanhoman“ (Yulduz Usmonova bilan) va „Ya vstretil devushku“ („Bir qiz uchratdim“; Tohir Sodiqov bilan) kabi ashulalar shunday hamkorliklar namunasidir. Agarda xonanda boʻlmaganida, fazogir boʻlardi. Vazni 75 kg, Boʻyi 180 sm Shaxsiy e-mail manzili: info@djpiligrim.com

Sobiq turmush oʻrtogʻi „Setora“, „Seʼtanho“ guruhlarining sobiq aʼzosi Kamilla Xoʻjayevadir („La-la-la“ klipida suratga tushgan). Ularning Isom imsli oʻgʻli bor.

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovrinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Tarona Taqdimoti — 2002“ marosimining — "Yil qoʻshigʻi — „Soy boʻ’yida“ qoʻshigʻi".

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]