Cristiano Ronaldo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andoza:Kibersportsmen Cristiano Ronaldo dos Santos Aveiro (talaffuzi: Krishtianu Ronaldu dush Santus Aveyru) — 1985-yilning 5-fevralida tugʻilgan, Al-Nassr FK futbol klubi va Portugaliya milliy futbol jamoasi uchun oʻynaydigan professional futbolchi. Futbol tarixidagi eng qimmat futbolchilardan biri. Uning Manchester United futbol klubidan Real Madrid oʻtishi 83 million funt sterlingga tushgan. Bugungi kunning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi.[1][2][3][4]

2011-yilda Ronaldo Real Madrid tarkibida mavsumni 53 ta gol bilan yakunlab, klub tarixidagi bir mavsumda eng koʻp gol urgan futbolchi boʻldi. Oltin butsa yutib, ikki turli chempionatda bu mukofotni qoʻlga kiritgan birinchi sportchi boʻldi.

Tarjimai holi

Cristiano Ronaldo Potugaliyaning Madeyra, Funshal shahrida tugʻilgan. Onasi — Maria Dolores dos Santos Aveiro, otasi — José Dinis Aveiro. Ota-onasi uning ismini AQSH prezidenti Ronald Reagan sharafiga qoʻyganlar, chunki u otasining eng sevimli aktyori boʻlgan[5].

Dastlabki karyerasi

U uch yoshidan futbol oʻynaydi va olti yoshida boshlangʻich maktabga chiqqanida uning sportga boʻlgan muhabbati yaqqol koʻrina boshlanadi. Uning sevimli oʻsmirlar jamoasi Benfika klubi boʻlgan, lekin shunga qaramay keyinroq ularning raqibi Sportingga qoʻshiladi. 8 yoshida u otasi murabbiy boʻlgan Andorinha jamoasi uchun toʻp suradi, 1995-yili, atigi oʻn yoshida Cristianu Ronaldoning shuhrati butun Portugaliya boʻylab tarqaladi. Madeyraning ikki yetakchi jamoalari, Marítimo va Nacional u bilan shartnoma tuzishga qiziqib qoladilar. Kattaroq jamoa boʻlgan Maritimo, Andorinhaning menejeri Rui Santos bilan hal qiluvchi uchrashuvni qoʻldan boy beradi va natijada Ronaldo Nacionalga qoʻshiladi. Nacionaldagi yutuqlaridan soʻng Ronaldo Lissabonga otlanib uch kun vaqtinchalik Sportingda oʻynaydi va natijada Sportingda qoladi[6].

Sporting

Ronaldo Sportingning Alcochete „futbol fabrikasi“da tayyorgarlik oʻtaydigan boshqa yosh oʻyinchilariga qoʻshiladi. Bu yerda u yuqori malakali maktabni oʻtaydi. Ronaldo oʻz debyutini Lissabon Sportingi uchun Moreirensega qarshi oʻyinida 2 gol urib boshlaydi. Shu jumladan u Portugaliya tarkibida UEFAning U-17 chempionatida toʻp suradi.

Uning UEFA U-17 chempionatlarida koʻrsatgan oʻyinlari dunyo futbolining nazarini tortadi. 16 yoshida u bilan Liverpul FKning menejeri Gérard Houllier qiziqib qoladi. Ammo, keyinchalik Liverpul uni rad etadi, chunki Ronaldo juda ham yosh edi va uning yetakchi futbolchi sifatida namoyon boʻlishi uchun koʻp vaqt talab qilinardi. Aynan shu paytda, 2003-yil yozida, Lissabondagi Alvalade XXI stadionining ochilish marosimi, Sporting Manchester Unitedni 3-1 hisobi bilan yutganida esa Ronaldo Ser Alex Fergusonning diqqatini tortadi. Ronaldo ikkala qanotda oʻynay olish qobiliyatini namoyish etadi. Matchdan soʻng Unitedning oʻyinchilari katta qiziqish bilan yosh isteʼdod haqida gapiradilar va kelajakda u bilan oʻz jamoalarida oʻynashni xohlashayotganini bildiradilar.

Manchester United

Ronaldo Manchester United jamoasi futbolkasida

Ferguson yosh futbolchini oʻz jamoasiga qoʻshishni aniqlaydi, unga David Beckhamning Real Madridga oʻtib ketganidan soʻng oʻng yarimhimoyachi kerak edi; Cristianoni 2003-yili $12.24 millionga sotib oladilar. U Manchester United uchun debyutini 2003-yil 10-avgust Old Traffordda boʻlib oʻtgan Bolton Venderersga qarshi oʻyinning 60 daqiqasida maydonga zahiraga tushib boshlaydi. United ohirgi daqiqalarida 1-0 yutadi, bunda Ronaldo Ruud Van Nistelroy Jussi Jaaskelainendan olgan penaltini uradi. Shundan soʻng u Britaniya OAVlari tomonidan olqishlarga sazovor boʻladi.

Lekin uning barcha yutuqlariga va qadamlariga qaramay, Ronaldo bu raqamdan (7) kutilgan natijalarga erishishni hohlamaydi va boshlangʻich paytlarda Sportingda „kiygan“ raqami — 28ni soʻraydi. Karrington tayyorgarlik maydonida boʻlib oʻtgan u bilan Ruud Van Nistelroy orasidagi kelishmovchiliklar ularning klubdagi rollari haqida juda ham koʻp mish-mishlarga sabab boʻldi. Ferguson esa 2010-yilgacha qoʻshilgan Ronaldoga katta umidlar bogʻlaydi. Ronaldo „Manchester Evening News“ tomonidan shunday iqtibos qilinadi: „United meni qarashlarimni qattiq himoyalamoqda va men unga xuddi shunday yaxshilik bilan qarzimni uzmoqchiman“.

Ronaldo oʻyinlar davomidagi harakatlari bilan koʻp muammolarga duch keladi. U Manchester Cityga qarshi oʻyinda maydondan chetlashtiriladi va 2005-yil dekabr UEFA Chempionlar Ligasi paytida Benfikaning muhlislariga korsatilgan „bir barmoqli harakat“ uchun UEFA tomonidan keyingi oʻyinga tushirilmaydi. Portugaliya — Lyuksemburg doʻstlik uchrashuvida esa Ronaldoga Jeff Strasserni boʻynidan ushlab qoʻporuvchi harakatlari uchun sariq kartochka berilgan. Felipe Skolari unga Jahon Kubogi birinchiligida oʻz kayfiyatini ushlab turishni maslahat beradi.

2005-yilning 29-oktabrida Ronaldo Manchester Unitedning birinchilikdagi 1000-sonli golini uradi. Fevralda u ketma-ket 2 dubl gollar uradi, ikkitasini Fulhem bilan uydagi uchrashuvda, qolgan ikkitasini Fretton Parkda, Viganga qarshi oʻyinda uradi va birinchilikdagi gollari sonini 8taga yetkazadi. 2006-yil 26-fevralda Ronaldo Kardiff, Millenium stadionida Karling kubogi uchun kurashda yana Vigan bilan uchrashuvda darvozaga toʻp kiritadi va mavsumdagi gollari sonini 10taga yetkazadi.

U FIFPro Special tomonidan, muhlislar tanlovchi yagona unvonga — „2005-yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ nomiga sazovor boʻldi. Shu jumladan u FIFAning 2005-yil oʻyinchilari reytingida 20-oʻrinni egallaydi.

Jahon Chempionatidagi mojaroga qaramay, Ronaldo Manchester Unitedning koʻpchilik muxlislari orasida sevimli oʻyinchilardan biri boʻlib qoladi. 2006-yil Jahon Chempionatidan soʻng ingliz birinchiligining dastlabki oʻyinida Manchester United muhlislari tribunalarning har hil joylaridan aniq-tiniq „faqat Ronaldo birinchi“ degan qoʻshiqni tinglaydilar. Bu vaqtda Manchester United Fulhem FK ustidan 5-1 hisob bilan gʻalaba qozonadi.

Oʻshandan buyon, BBCning xabar berishicha Ronaldo Manchester Unitedni boshqa tark etishni hohlamaydi va klubga qaytishdan baxtiyor.

U Berkleyning 2006-yil noyabrdagi eng yaxshi oʻyinchisi unvoniga sazovor boʻldi.

2006-yil dekabrida Ronaldo liganing 3 oʻyinida 6ta gol urib, oʻzining hisobini 12ta golga yetkazadi va Unitedning eng muhim oʻyinchilaridan biriga aylandi. U Vigan Atletik bilan uchrashuvning ikkinchi yarmida zahiradan oʻyinga tushib, shu zahotiyoq bir necha daqiqa ichida 2 gol urib matchga yakun yasaydi. Manchester Unitedning treneri Ser Alex Ferguson portugal bilan uning shu mavsumda 15ta gol ura olishi haqidagi parisini yutqazdim deydi. Skott shunday deydi: „U uchun xursandman, chunki unga juda qiyin boʻldi. U oʻyinni koʻzini biladi. Uning toʻp bilan oldinga oʻta olishi bu mavsumda unga qoʻl keldi. Bu uning yetilganligini koʻrsatdi. U eng zoʻr boʻldi va kelajakda bundan ham oshadi“.

Terma jamoadagi faoliyati

Cristiano Ronaldo Braziliya milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda

Portugaliya milliy futbol terma jamoasi tarkibida oʻtkazgan matchlari

Jami: 81 ta match / 26 ta gol; 47 gʻalaba, 21 durang va 13 magʻlubiyat.

(maʼlumotlar 2011-yil, 5-iyun sanasiga qadar keltirib oʻtilgan)

Xalqaro faoliyati

Ronaldo xalqaro debyutini 2003-yil avgustda, Qozogʻistonga qarshi oʻyinda qildi. U 2004-yil Yevropa chempionatini ochib beruvchi matchda Portugaliya Yunonistonga 1-2 yutqazganida yagona golni va yarimfinalda Gollandiyani 2-1 yutishganida birinchi golni uradi. Final esa ochib beruvchi oʻyinning revanshi kabi boʻlib, bu gal ham Gresiya gʻolib boʻlib chiqadi.

2004-yilgi Olimpiya oʻyinlarida Ronaldo Portugaliya uchun oʻynaydi va FIFA jahon kubogida Yevropa mintaqasi boyicha 7 gol bilan ikkinchi yuqori natijani koʻrsatadi. 2005-yil 17-iyungacha Portugaliya tarkibida 25 oʻyin ichida 11ta gol uradi.

Jahon Kubogi uchun musobaqada Ronaldo oʻzining birinchi golini Eronga qarshi uchrashuvda penaltidan uradi.

Yevropa chempionlar ligasi 2007—2008-yilgi mavsumining oltin medali sohibi.

Angliya premyer ligasi 2007-2008/2008—2009-yilgi mavsumlarning oltin medali sohibi.

Jahon Chempionatidagi voqea

Ronaldo Portugaliya-Angliya oʻrtoqlik uchrashuvida. 9-fevral, 2011.

2006-yil 8-iyun kuni, Jahon Chempionati-2006 doirasidagi Angliya va Portugaliya oʻrtasidagi chorak-final uchrashuvida Unitedning oʻyinchisi Wayne Rooneyning maydondan chetlashtirilishidan soʻng, ingliz OAVlarida Ronaldoning Rooneyga qizil kartochka berilishiga sababchi ekanligi haqida muhokamalaridan soʻng, Ronaldo jurnalistlarga, Manchesterda oʻynash uchun unga mihit toʻgʻri kelmasligi sababli ketishini aytadi.

„Men oʻz agentimga ketishga tayyorligimni aytdim. Men buni mumkin boʻlgan eng yaxshi yoʻl bilan qilmoqchiman. Men Real Madrid tarkibida oʻynamoqchiman“, — goʻyoki Ronaldo ispan sport gazetasi „Daily Marca“ga shunday deydi.

9-iyulda, u Portugaliyaning TV kanali SICga haqoratlarni, nega unga qarshiliklarni tushuna olmayotganini aytadi. Ronaldo Portugaliya Angliyani xonavayron qilganida haq yoʻl tutganini va oʻz yurti bayrogʻini himoya qilgani uchun haqoratlanishi mumkin emasligini eʼlon qiladi. U odamlar uni yomon koʻradigan joyda yashay va ishlay olmasligini aytadi va Angliyani qanchalik tezroq tark etsa shunchalik xursand boʻlishini qoʻshib qoʻyadi.

Bir necha axborot manbalari Cristiano Ronaldoning Manchester Uniteddan ketishi yaqin, deb hisoblashadi. Lekin Ronaldo Unitedda qolishni tanlaydi. Uning qaroriga Ser Alex Fergusonning hissasi katta. U yordamchisi Carlos Queirozni Portugaliyaga yosh futbolchining hayollarini oʻzgartirish uchun yuboriladi va jamoadoshi Ueyn Runi Ronaldodan komandani tark etmaslikni va boʻlib oʻtgan kelishmovchiliklarni unutishini soʻraydi.

12-iyul kuni United „Klub Cristianoni sotilishini hayoliga ham keltirmaydi. Yaqinda Cristiano 2010-yilgacha boʻlgan shartnomaga imzo chekdi va klub bunga juda ham gʻururlanmoqda. Klub Cristianoga boʻlgan hamma takliflarni rad etadi“, degan eʼlon beradi. Va 17-iyul kuni Ser Aleks Fergyuson: „Cristiano orqaga qaytadi“, — deydi, xuddi shu paytda Chelsining treneri José Mourinho: „Agar u Angliyada qolsa, men u vaziyatlarni orqaga qaytara oladi deb oʻylayman“, — deydi. Cristiano Ronaldo barcha muammolar hal etilganidan soʻng Unitedga qaytadi.

Angliya insidentidan soʻng Ronaldoga ingliz ommaviy axborot vositalari „hujum“ qilishadi. „The Sun“ uning suratini, 1998-yilgi Jahon Chempionatidan soʻng „Daily Mirror“ chiqazgan David Beckhamning rasmi kabi, darts nishoni qilib chiqaradi.

Ronaldo Rooney uning doʻsti ekanligini va unga qizil kartochka koʻrsatishga harakat qilmaganligini aytadi. Rooney esa, men Cristianoga yomon hislarni tutmayman, ammo uning bunga aralashganidan ranjidim, deydi.

Wayne Rooneyning Jahon Chempionligining chorak-finalidagi maydondan chetlatilishi FIFAning tartiblik komissiyasi tomonidan oʻrganilib chiqib, unga 5,000 shveysar franki ($2,207) miqdorida jarima solinadi va Rooney ikki match davomida oʻyinga tushish huquqidan mahrum etiladi.

Matchdan soʻng Ronaldo Real Madrid u bilan qiziqib qolganligi haqidagi mish-mishlarni tasdiqlaydi va hozir, yozgi transferlar paytida ispan klubiga yoki boshqa klubga oʻtishga moyilligini aytadi.

5-iyul, Fransiyaga qarshi yarim-final oʻyinda, Portugaliya 1-0 hisob bilan yutqazganda Ronaldo har gal unga toʻp tekkanida ingliz va fransuz tomoshabinlari tomonidan uzoq hushtaklarga tortiladi. Uchrashuv ohirida u koʻp vaziyatlarni oʻtkazib yuborganligi uchun magʻlubiyatga uchraganiga koʻz yosh toʻkadi. U match davomida eng yaxshi oʻyinchilaridan biri deb hisoblanishiga qaramay, ayrim OAVlar Ronaldoni (va yana bir nechta jamoadoshini) simulyatsiyada ayblaydilar. Shunga oʻxshash ayblovlar yana boʻlib oʻtadi va Ronaldo Angliya Chempionatida koʻplab haqoratlanadi. Eng Yaxshi Yosh Oʻyinchi onlayn tanlovida Ronaldo ikkinchi oʻringa tushib ketishidan ozgina oʻtib, BBC Sport bu qisman Angliyaning e-mail kampaniyasi orqali boʻlganini, odamlarni Ronaldo gʻolib boʻlmasligi uchun Luis Valensiyagaovoz berishga undalganligi haqida habar beradi. Agar tanlov noqonuniy deb sanalganida ham, FIFAning Maxsus Oʻrganish Guruhi Germaniyaning gʻururi Lukas Podolskini taqdirlaydi.

Shaxsiy hayoti

Uning otasi Dinis Aveiro 2005-yil 7-sentabrda vafot etadi[7]. Bu payt, xabarni eshitgan Ronaldo atigi bir-ikki soatdan keyin Jahon Chempionatining saralash bosqichi doirasida oʻtayotgan Rossiyaga qarshi oʻyinga chiqadi. U Ser Alex Fergussondan Manchester Unitedning Manchester Sitiga 10 sentyabr kungi uchrashuvini oʻtkazib yuborishlik bilan mukofotlanadi. Hamda, u oʻzini Manchester Unitedning UEFA Chempionlar Ligasidagi navbatdagi uchrashuvi Villareal FKga qarshi oʻyiniga chiqishini aytadi.

2005-yil oktabrda Ronaldo va yana bir kishi politsiya tomonidan seksual zoʻrlashda ayblanadi. Ronaldo ayblovni tan olmaydi va qirollik politsiyasi uni aresti uchun faktlar yetarli emasligini aytadi.

Cristiano avvaldan Merche Romero (ispan TVsining Portugaliyada ishlaydigan xodimi. Ajrashgan, Ronaldodan 9 yosh katta) bilan bogʻliq edi; u portugal matbuotida Ronaldoga erga tekkan, deyilgandi, lekin Ronaldo bu haqida hech narsa demagan, chunki u har doim oʻzining shaxsiy hayotini professional hayotidan ajratgan. Keyinroq, portugal ommaviy axborot vositalari ularning ajralganligi haqida xabar beradilar. Ammo na Cristiano, na Merche bu haqda qandaydir mulohaza qoldiradilar; shunga qaramay bir jurnalist ispan OAVlariga munosabatlar yakuniga yetganini va Merche bir oʻzi qolganini aytadilar. 20-sentabr 2006-yil esa Merche Cristiano bilan ajralganligini tasdiqlaydi.

2015-yil noyabr oyida u 19 million yevro evaziga xususiy samolyot sotib oldi[8].

Ronaldo shuningdek ingliz modellari Alice Goodwin[9] va Gemma Atkinson bilan uchrashib yurgan, 2010-yil boshidan esa u rus modeli Irina Shayk bilan uchrashmoqda[10].

2010-yil avgustida Ronaldo Facebook'da 10 million muxlis yigʻib, bunday muvaffaqiyatga erishgan ilk noamerikalik boʻldi[11].

Eslatmalar

Manbalar

Iqtiboslar

  1. „Ronaldo best in world, says Terry“ (en). BBC Sport (2007-yil 16-aprel).
  2. „He's got the world at his feet“ (en). The Guardian (2008-yil 8-iyun).
  3. „Роналду поможет "Реалу" побороться за титулы - Кака“ (ru). РИА Новости (2009-yil 12-iyun).
  4. „Моуринью: "Я - один из лучших тренеров, Роналду - сильнеший футболист планеты"“ (ru). Soccer.ru (2010-yil 25-may).
  5. SECRET AGONY OF £31M RONALDO, 2009-06-18da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-08-26
  6. Profile of Ronaldo at about.com. About.com (Wayback Machine saytida 2009-02-19 sanasida arxivlangan).
  7. Death of his father helped Ronaldo shine
  8. Ronaldo 19 mln yevro evaziga samolyot sotib oldi, 2015-11-16da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-11-13
  9. Alice Goodwin da catedra sobre sexo (Wayback Machine saytida 2011-09-29 sanasida arxivlangan) on El Argentinoʻ' (27-may 2010)
  10. Cristiano Ronaldoʻs girlfriend Irina Shayk allows cameras behind the scenes in a video of her recent raunchy GQ shoot, Jody Thompson, Daily Mail, 24-sentabr 2010-yil. Retrieved 19-dekabr 2010-yil.
  11. „Cristiano Ronaldo gains 10m Facebook fans's waxwork“. inside World Soccer (12-avgust 2010-yil). Qaraldi: 12-avgust 2010-yil.

Keltirilgan asarlar

Qoʻshimcha oʻqish uchun

Havolalar