Chuck Palahniuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chuck Palahniuk
Charles Michael "Chuck" Palahniuk
Chuck Palahniuk on tour.gif
Tavallud sanasi: 21-fevral, 1962 (1962-02-21)
(52 yoshda)
Kasb: Jurnalist, yozuvchi
Magnum opus: "Jang klubi" (1996)

Charles Michael «Chuck» Palahniuk (Chak Palа́nik) — 1962-yil 21 fevralda tugʻilgan. Zamonaviy amerikalik yozuvchi, jurnalist. "Jang klubi" kitobi muallifi boʻlib mashhur. 1999-yilda bu kitob boʻyicha film suratga olingan. Ayrim paytlar uni "kontrmadaniyat qiroli" deb atashadi.

Uning familiyasining talaffuzi haqida: bir kuni, boʻlajak adabiyotchi hali bola boʻlgan paytda, ota-onasi uni va kichik singlisini buva va buvisini qabrini koʻrsatish uchun qabristonga olib borishadi. Bolalar qabr ustunidagi ajdodlarining ismi - Paula va Nick'ni koʻrib, qiziqib ketishadi va oʻshandan buyon oʻz familiyalari - Palahniuk'ni xuddi shunday tarzda: "Pola-Nik" deb talaffuz qila boshlaydilar. (Bu shuningdek, familiyaning rus yozuvida aksini topdi: birinchi nashriyotchilarning hohishiga binoan biz Palanik muallifining kitoblarini oʻqiymiz, toʻgʻri talaffuz esa - Palagnyukdir).

Tarjimai holi[tahrir]

1962-yil 21-fevralda AQSH, Vashington shtati, Pasko shahrida tugʻilgan. Palanikning buvasi AQSHga Kanada orqali koʻchib oʻtgan va 1907-yilda Nyu-Yorkda qolgan ukrainalik boʻlgan.

1986-yilda AQSHdagi Oregon universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Kollejda oʻqiyotgan paytida u Yujin (Oregon)dagi National Public Radio’s KLCC'da stajer boʻlib ishlaydi. Yaqin orada u Portlendga koʻchib oʻtadi. U yerda bir qancha vaqt oʻsha yerdagi gazeta uchun yozadi. Freightliner korxonasida dizellar boʻyicha mehanik boʻlib ishlab, u shuningdek, yuk mashinalarini tuzatish boʻyicha oʻquv materiallarini yozadi.

Hayotida oddiy ishdan tashqari koʻproq narsa qilishni istab, Palanik uysizlar priyutida volontyor boʻlib ishlaydi. Bundan soʻng u bir qancha vaqt xospisda volontyor boʻlib ishlaydi. U tuzalmas bemorlarni "qoʻllov guruhlari"ga olib borish bilan shugʻullanar edi. U yerda unga yaqin boʻlib qolgan odamning vafotidan soʻng, Palanik volontyorlik ishini tashlaydi.

Ulgʻaygan Palanik Cacophony Society guruhining aʻzosi boʻladi, ularning tadbirlari, shu jumladan Santa Rampage'da muntazam ravishda ishtirok etadi. Uning kitoblari, ham badiiy, ham dokumental asarlarida tasvirlangan koʻpgina syujetlar, uning tashkilotda ishtiroki bilan tushuntiriladi. Sanaladiki, Cacophony Society "Jang klubi"dagi Project Mayhemning proobrazidir.

Palanik oʻzining yozuvchilik karyerasini oʻn uch yoshida boshlaydi. Uning soʻzlariga koʻra u yozishni Tom Spaunbauer (Tom Spaunbauer) olib borgan yozuvchilik kurslariga borganidan soʻng boshlagan. Kurslarga esa aslida u yangi doʻstlar orttirish maqsadida borgan edi. Spaunbauer Palanikning minimalistik yozuv stiliga juda kuchli taʻsir etgan. Uning birinchi kitobi - "Insomnia: If You Lived Here, You’d Be Home Already" nashr ettirilmagan, chunki Palanikning syujetdan koʻngli qoladi (kitobning ozgina qismi keyinchalik "Jang klubida" ishlatiladi).

U keyingi novellasi "Koʻrinmas mahluqlar"ni ("Invisible Monsters") nashr etmoqchi boʻlganida nashriyotchi uni haddan tashqari chegarasizlikda ayblab, rad etadi. Bu uning keyingi novellasi "Jang klubi"ni nashriyotchiga qasddan yanada chegarasiz qilishga undaydi.

"Jang klubi" Freightliner'dagi ishdan boʻsh vaqtlarda yozilgan. Avvaliga u "Pursuit of Hapiness" termasidagi qisqagina hikoya koʻrinishida nashr etilgan (bu hikoya keyinchalik 6-qism boʻladi). Soʻng Palanik uni toʻliq novellaga yoyadi. Kutilmagan holda, nashriyotchi uni nashr etishni hohlaydi.

Kitobning birinchi nashri juda muvaffaqiyatli boʻlib, u ijobiy javob fikrlarga sazovor boʻlib, bir necha mukofotlarni qoʻlga kiritadi. Gollivud unga qiziqib qoladi. 1999-yilda Devid Fincher filmni suratga oladi. Gʻazna yigʻishlariga koʻra film tushib ketadi (AQSHda birinchi hafta prokatida 1 oʻrniga qaramay). Ammo uning kultlik statusi DVDda chiqqanidan soʻng keladi. Film chiqqanidan soʻng kitob uch marotaba - 1999, 2004 (muallifning yangi kirish qismi bilan) va 2005 (yangi yakuniy soʻz bilan) yillarda qayta nashr etilgan. Rossiyada Palanik "Jang klubi"ning rossiya premyerasidan soʻng mashhurlikka erishadi.

1999-yilda Palanikning hayotida keyingi ijodiga taʻsir qilgan voqea sodir boʻladi. Shu yili uning otasi Fred Palanik Donna Fonteyn (Donna Fontaine) ismli ayol bilan uchrasha boshlaydi. Bu ayol oʻzining avvalgi hushtori Deyl Sheyklefordni (Dale Shackleford) jinsiy zoʻravonlikda ayblab qamoqqa oʻtqizgan boʻladi. Sheykleford qamoqdan chiqqan zahoti Fonteynni oʻldirishga ahd qiladi. Ozodlikka chiqqanidan soʻng, Sheykleford Fred Palanik va Donna Fonteynni oʻq uzib oʻldiradi, soʻng jasadlarni Fonteynning uyiga olib borib, yoqib yuboradi. 2001-yil bahorda Deyl Sheykleford ikki qotillikda aybdor deb topilib, oʻlim jazosiga mahkum etiladi.

Shu hodisalardan soʻng Chak Palanik "Alla" kitobi ustida ish boshlaydi, u aytadiki, bu novellani Sheyklefordning oʻlim hukmida ishtirokchi ekanligida vijdon azobida qiynalmaslik uchun yozgan.

2001-yilda Palanik "Boʻgʻilish"ni yozadi. Asar "Nyu-York Tayms" reytingiga binoan 1 raqamli bestseller boʻladi. 2005-yilda Palanikning ikki yangi asari - "Kundalik" ("gʻayritabiiy rassom" mavzusini yangi choʻqqiga koʻtargan syurrealistik roman) va "Arvohlar" (Tuzoqqa tushib qolgan boshlovchi yozuvchilar tomonidan aytib beriladigan bir necha oʻntalik alohida hikoyalardan iborat roman) nashr etiladi.

Hozirgi vaqtda Palanikning yagona badiiy boʻlmagan asari bu - "Qochoqlar va gadolar" - avtobiografik romanidir. Tuzilishiga koʻra roman Palanik yashaydigan va ijod qiladigan ona shahri Portlend (Oregon) haqida turistlar uchun yoʻlovchidir.

Bibliografiya[tahrir]

Badiiy asarlar

Badiiy boʻlmagan asarlar

Havolalar[tahrir]