Chorvoq suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chorvoq suv omboriChirchiq daryosining boshlanish qismida qurilgan (1963—70) gidrotexnika inshooti. Q.x.ni bir meʼyorda suv bilan taʼminlash, toshqinlarning oldini olish va gidrotexnika maqsadlarida barpo etilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Suv ombori Chatqol va Ugom toglari orasiga qurilgan. Tosh tuproqli toʻgʻoni uz. 768 m, balandligi 168 m, yuqori qismining eni 12 m. Toʻgʻonda Chorvoq GESni suv bilan taʼminlash uchun uz. 800 m va diametri 11 m boʻlgan 2 ta tunnel bor. Ch.s.o.ning toʻla sigʻimi 2006 mln. m3, shundan foydali suv hajmi 1580 mln. m3, suv yuzasi sathi 40,1 km2, eni ayrim joylarda 10 km, uz. 19 km, maksimal chuq. 131 m, oʻrtacha chuq. 55 m. Suv omboriga Piskom, Koʻksuv, Chatqol daryolari quyiladi.

Suv oqimi koʻpayib, xatarli darajaga yetganda suvni chiqarib yuboradigan shaxtali (1200 m3/sek) va 2 ta pogʻonali (450 m3/sek va 500 m’/sek) suv tashlagichlar bilan jihozlangan.

CH.s.o. Chirchiq—Boʻzsuv suvenergetika traktinn bir meʼyorda suv bilan taʼminlaydi. Uning barpo etilishi bilan suv kam boʻlgan yillari Toshkent vohasidagi va Qozogʻiston Respublikasi Jan. Qozogʻiston viloyatidagi 355 ming ga dan ortiq yerni barqaror suv bilan taʼminlash (shundan yangi oʻzlashtirilgan yerlar 150 ming ga), Chirchiq daryosining yuqori oqimida roʻy beradigan suv toshqinlariga barham berish imkoniyatlari yaratildi.

2000yil boshlaridan Ch.s.o. sohillarida xalqaro andozalarga moye boʻlgan yirik dam olish majmualari barpo etildi.