Chjetszyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chjetszyan — Xitoyning sharqiy qismidagi provinsiya. Mayd. 102 ming km2. Aholisi 44,5 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Xanchjou sh. Iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — q.x. Asosan, sugʻorma dexdonchilik qilinadi. Ekinlardan yiliga 2 marta hosil olinadi. Asosiy ekini — sholi. Shuningdek, bugʻdoy, makkajoʻxori, batat, paxta, jut, yer yongʻoq, shakarqamish ekiladi. Choy yetishtirish boʻyicha mamlakatda 1oʻrinda. Dengizdan baliq ovlanadi va tuz olinadi. Oʻrmon xoʻjaligi bilan shugʻullaniladi. Temir rudasi, pirit, alunit, oltingugurt va b. qazib olinadi. Yengil va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Toʻqimachilik, mashinasozlik (kemasozlik va stanoksozlik) korxonalari, chinni va qogʻoz fkalari bor. Yirik shahar va portlari: Xanchjou, Szyasin, Chjenxay, Venchjou.

CH. hududida qadimda man qabilalari yashagan. 4—6-a.larda xitoylar koʻchib kela boshlagan. Xanchjou 1127—79 y.larda Jan. Sun imperiyasi poytaxti boʻlgan. 17-a.dan Xitoy provinsiyasi.