Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti – Chirchiq daryosi va Boʻzsuv kanali boʻylab ketma-ket joylashgan GESlar majmui. Traktning uzunligi 171,1 km. Traktda umumiy oʻrnatilgan quvvati 1220,6 MVt boʻlgan 20 ta GES bor. 1926-yilda ishga tushirilgan Boʻzsuv GES traktda birinchi boʻlib qurilgan. Traktning boshlanish qismida (Chirchiq daryosi oʻzanida) ketma-ket 3 stansiya – Xoʻjakent GES, Chorvoq GES, Gʻazalkent GES joylashgan. Gʻazalkent GESdan quyiroqda, Chirchiq daryosi suvini tartibga solib turuvchi toʻgʻonning oʻng tomonidan Tovoqsoy GES, Loginov nomidagi GES va Oqqovoq GESlari, Qibray GESning derivatsiya kanallari boshlanadi. Soʻngra Oqqovoq2 GESning suv tashlama kanalidan boshlangan Boʻzsuv irrigatsiya kanalida ketma-ket Qibray, Qodriya, Salor, Boʻzsuv, Shayxontohur, Boʻrjar, Oqtepa GESlari, 1, 2, 3, 4 hamda 6 Quyi Boʻzsuv GESlari joylashgan.

Traktning barpo etilishi natijasida Chirchiq daryosi suvi yordamida elektr energiyasi hosil qilish bilan birga irrigatsiya inshootlari, yirik sanoat markazlari, shaharlar, aholini, sanoat korxonalari va ekinzorlarni suv bilan taʼminlash masalalari ham kompleks hal qilingan.

2003-yilda bu traktdagi GESlarda 5625,3 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Umumiy tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti beshta kaskadga boʻlinadi: Oʻrta Chirchiq GESlari, Chirchiq GESlari, Qodiriya GESlari, Toshkent GESlari, Quyi Boʻzsuv GESlari. Traktdagi barcha GESlarning umumiy quvvati 1200 MVtdan ortiq, oʻrtacha yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi – 4,67 mlrd kVt*soat. Oʻrta Chirchiq GESlari Chirchiq daryosida, qolgan GESlar daryodan suv oladigan Chirchiq GESlar Derivatsiya kanali va Boʻzsuv kanalida (shu bilan birga Boʻzsuv GESlari qurilgan ayrim kanallar alohida kanal sifatida tasniflanishi mumkin) joylashgan.

Traktning yuqori pogʻonasi Chorvoq GES hisoblanadi, uning quvvati butun kaskad quvvatining yarmini tashkil qiladi. GESning koʻp qavatli qirgʻoq toʻgʻoni butun kaskad manfaati uchun oqimni tartibga soluvchi yirik Chorvoq suv omborini hosil qiladi. Quyiroqda toʻgʻon tipidagi Xoʻjakent va Gʻazalkent stansiyalari joylashgan boʻlib, ularning vazifalari elektr energiyasi ishlab chiqarishdan tashqari kuchli Chorvoq GESdan chiqayotgan suv oqizishlarni tenglashtirishni ham oʻz ichiga oladi[1]. Quyiroqda Chirchiq daryosidagi Gʻazalkent gidrouzeli va uning suv olish qurilmasi derivatsiya kanalni va undan keyin Boʻzsuv kanalini suv bilan taʼminlaydi. Asosiy GESlarning koʻpchiligi derivatsiya kanalida burish sxemasi boʻyicha qurilgan.

Trakt inshootlari elektr energiyasi ishlab chiqarishdan tashqari, sugʻorish va suv taʼminoti uchun manba sifatida katta ahamiyatga ega.

Chirchiq-Boʻzsuv suvenergetika trakti texnik tavsifi[2][3][4][5]
GES nomi Quvvati, MVt oʻrtacha yillik ishlab chiqarish, mln kVt*soat GES tipi Bosim, m Gidroagregatorlar soni Gidroturbina tipi Qurilishi boshlangan yil 1-turbinasi ishga tushirilgan yil Qurilish tugagan yil
Oʻrta Chirchiq GESlar kaskadi (Chirchiq daryosida)
Chorvoq (GES-6) 41°37′35″N 69°58′9″E / 41.62639°N 69.96917°E / 41.62639; 69.96917 G O 666 2000 toʻgʻon 148 4 radial-oʻqli 1963 1970 1972
Xoʻjakent (GES-27)41°36′0″N 69°51′52″E / 41.60000°N 69.86444°E / 41.60000; 69.86444 G O 165 586 toʻgʻon 34 3 aylanma-qanotli 1971[6] 1975 1977[6]
Gʻazalkent (GES-28)41°34′50″N 69°48′4″E / 41.58056°N 69.80111°E / 41.58056; 69.80111 G O 120 418 toʻgʻon 25 3 aylanma-qanotli 1980 1982 (?)[7]
Chirchiq GESlar kaskadi (Chirchiq GESlar Derivatsiya kanalida)
Tovoqsoy (GES-8) 41°33′0″N 69°40′0″E / 41.55000°N 69.66667°E / 41.55000; 69.66667 G O 72 350,8 (389[3]) derivatsiya 30 4 radial-oʻqli 1932 1941 1941
F. G. Loginov nomidagi Chirchiq GES (GES-7) 41°30′13.8″N 69°36′39.8″E / 41.503833°N 69.611056°E / 41.503833; 69.611056 G O 84 427,6 (394[3]) derivatsiya 35,5 4 radial-oʻqli 1932 1940 1956
Kamolot 41°29′44.5″N 69°36′44.8″E / 41.495694°N 69.612444°E / 41.495694; 69.612444 G O[8][9][10][11] 8,5 41,9 derivatsiya 7,77 4 gorizontal kapsulali 2018 2022 2022
Oqqovoq-1 (GES-10, Oqqovoqsoy GES-1) 41°26′52″N 69°33′26″E / 41.44778°N 69.55722°E / 41.44778; 69.55722 (ГЭС Аккавак-1) G O[12] 39,7 213,8 derivatsiya 2 1941[13] 1943 1957
Qodiriya GESlar kaskadi (Boʻzsuv kanalida)
Oqqovoq GES-2 (GES-15) 41°25′21″N 69°31′28″E / 41.42250°N 69.52444°E / 41.42250; 69.52444 (ГЭС Аккавак-2) G O 9 66 derivatsiya 12 2 propeller 1943 1946 1946
Qibray(GES-11, Oqqovoq-3) 41°23′58″N 69°27′32″E / 41.39944°N 69.45889°E / 41.39944; 69.45889 (Кибрайская ГЭС) G O 11,2 89 derivatsiya 18,2 1 aylanma-qanotli 1942 1943 1943
Qodiriya (GES-3) 41°23′22″N 69°23′47″E / 41.38944°N 69.39639°E / 41.38944; 69.39639 (Кадыринская ГЭС) G O 15,34 112 (122[3]) derivatsiya 36,4 2 1930 1933 1936
Salor (GES-12) 41°22′38″N 69°21′17″E / 41.37722°N 69.35472°E / 41.37722; 69.35472 (Саларская (ГЭС-12)) G O 11,2 85 derivatsiya 18,2 1 aylanma-qanotli 1943 1944 1944
Toshkent GESlar kaskadi (Boʻzsuv kanalida)[izoh 1]
Boʻzsuv (GES-1) 41°20′47″N 69°18′27″E / 41.34639°N 69.30750°E / 41.34639; 69.30750 (Бозсуйская ГЭС) G O 6 44,4 derivatsiya 10,68 2 aylanma-qanotli 1923 1926 1936[13]
Shayxohtohur (GES-21) (Anhor arigʻida) 41°19′38″N 69°16′13″E / 41.32722°N 69.27028°E / 41.32722; 69.27028 (Шейхантаурская ГЭС) G O 3,6 23 (32[3]) toʻgʻon 7,4; 8,45 3 propeller 1951 1954 1955[13]
Boʻrjar (GES-4)
(Bo'rjar kanalida) 41°18′19″N 69°15′13″E / 41.30528°N 69.25361°E / 41.30528; 69.25361 (Бурджарская ГЭС) G O
6,4 45 (40,5[3]) derivatsiya 18,5 2 radial-oʻqli 1933 1936 1937
Oqtepa (GES-9)
(Oqtepa kanalida) 41°18′4″N 69°11′54″E / 41.30111°N 69.19833°E / 41.30111; 69.19833 (Ак-Тепинская ГЭС) G O
16,6 80 (81,8[3]) derivatsiya 36 1 radial-oʻqli 1936[13] 1943 1943
Quyi Boʻzsuv GESlar kaskadi (Quyi Boʻzsuv kanalida)
Quyi Boʻzsuv-1 (GES-14) 41°14′18″N 69°6′53″E / 41.23833°N 69.11472°E / 41.23833; 69.11472 (Нижне-Бозсуйская-1 (ГЭС-14)) G O 15 [14] 41,4 (65[3]) aralash 28 2 radial-oʻqli 1943 1944 1944
Quyi Boʻzsuv-2 (GES-18) 41°12′33″N 69°5′49″E / 41.20917°N 69.09694°E / 41.20917; 69.09694 (Нижне-Бозсуйская-2 (ГЭС-18)) G O 7 15,4 (13[3]) aralash 9,75 3 propeller ? 1950 1950
Quyi Boʻzsuv-3 (GES-19) 41°9′14″N 69°1′16″E / 41.15389°N 69.02111°E / 41.15389; 69.02111 (Нижне-Бозсуйская-3 (ГЭС-19)) G O 11,2 40,8 (50[3]) aralash 17,5 2 aylanma-qanotli 1945 1950 1955
Quyi Boʻzsuv-4 (GES-23) 41°5′16″N 68°53′34″E / 41.08778°N 68.89278°E / 41.08778; 68.89278 (Нижне-Бозсуйская-4 (ГЭС-22)) G O 17,6 88 (99[3]) aralash 35 2 radial-oʻqli 1948 1954 1954
Quyi Boʻzsuv-6 (GES-22) 40°57′27″N 68°43′41″E / 40.95750°N 68.72806°E / 40.95750; 68.72806 (Нижне-Бозсуйская-6 (ГЭС-24)) G O 4,4 21,8 (30[3]) toʻgʻon 11 2 propeller 1950 1954 1954
Qurilayotgan GESlar
Piskom[15][10][16] 400 946 toʻgʻon 195 4 radial-oʻqli 2017 2024 2026
Quyi Chatqol[17][10] 90 292 toʻgʻon 37 4 aylanma-qanotli 2019 2025 2025
Toldiqsoy[16] 170 515 toʻgʻon 2023
Qorongʻitoʻgʻay[16] 170 485 toʻgʻon 50? 2023
Loyihalashtirilayotgan GESlar
Mullalaq[10][16] 170 396
Xoʻjakent GTES[16] 200 400
Yuqori Piskom[16] 120 270
Yuqori Piskom GTES[16] 200 216
Oygaying daryosidagi GESlar kaskadi (Oygaying GES № 1, № 2 va № 3)[16] 216 648,7

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shayxontohur, Boʻrjar va Oqtepa GESlarini Boʻzsuv kanalining uchastkalari deb hisoblash mumkin, lekin koʻpincha mos ravishda Anhor, Bo'rjar va Oqtepa kanallariga taalluqlidir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. В.Ширяев. Сегодня и завтра ГЭС на Чирчике // Комсомолец Узбекистана. — 1969. — Andoza:Бсокр.
  2. Аверина Л.А. [http://www.cawater-info.net/rivertwin/documents/pdf/averina_r.pdf Гидроэнергетический комплекс и перспективы его развития в Чирчик- Ахангаранском бассейне и БД по энергетике, как составная часть моделирования].
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 3,11 Гидроэнергетические объекты СССР. Справочные данные о ГЭС и ГАЭС по состоянию на 1976 год, М., 1977. 
  4. „Исследование и разработка рекомендаций по повышению эффективности ГЭС Аккавак — 1“. Ташкентский государственный университет. 2019-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-dekabr.
  5. „Информация о каскадах и гидроэлектростанциях, действующих в Узбекистане“. ОАО «Узбекгидроэнерго». Qaraldi: 2020-yil 6-mart.
  6. 6,0 6,1 Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi, st. „Xoʻjakent GES“ (uzb.)
  7. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi, st. „Gʻazalkent GES“ (uzb.)
  8. „ИНВЕСТИЦИОН ЛОЙИҲАЛАР ИЖРОСИ («КАМОЛОТ» ГЭСИ МИСОЛИДА)“ (ru). АО «Узбекгидроэнерго». 2019-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-oktyabr.
  9. „Hydro News 33“ (ru). Anditz Hydro. Qaraldi: 2020-yil 26-may.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 „Ўзбекистон Республикасининг 2021—2023 йилларга мўлжалланган Инвестиция дастурини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида“. Lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.
  11. Michael Harbach. Успешный пример сотрудничества с заказчиком. Камолот, Узбекистан // Hydro News. — 2022. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр.
  12. „Oq-qovoq GES-1 (GES-10) yangi quvvatlarda ishga tushirildi“. АО «Узбекгидроэнерго». Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 Ташкент. Энциклопедия 1983.
  14. „В гидроэнергетике запущены новые мощности“ (ru). Минэнерго Узбекистана. Qaraldi: 2020-yil 25-mart.
  15. Postanovlenie Prezidenta Respubliki Uzbekistan „O programme mer po dalneyshemu razvitiyu gidroenergetiki na 2017—2021 godi“
  16. 16,0 16,1 16,2 16,3 16,4 16,5 16,6 16,7 „О мерах по дальнейшему реформированию гидроэнергетической сферы. Приложение 3“ (uz). Norma.uz. Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  17. „Ўзбекистонда яна бир янгилик: Қуйи Чотқол ГЭС қурилиши бошланди“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2019-yil 12-dekabr.