Chino Moreno

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chino Moreno

Chino Moreno (haqiqiy ismi Camilo Wong Moreno 1973-yil 20 iyunda tugʻilgan) - amerikalik musiqachi. U Deftones va Team Sleep guruhlarining asosiy vokalchisi va orqa gitarachisi. Moreno Kaliforniya shtatining Sakramento shahrida tavallud topdi. Uning otasi meksikalik, onasining qonida esa meksika, irlandiya, xitoyliklarning qoni aralashgan edi. Uning taxallusi "Chino" ispan tilida "xitoycha" degan maʻnoni anglatadi. U besh farzand ichida uchinchisi. U turmush qurgan, turmush oʻrtogʻining ismi Celeste. Ular ikki farzandga egalar: Kristian va Jakobi.

Ikki xil maʻnoli, ogʻir sheʻriy matnlari haqida Morenodan sitatalar: "Ayrim vaqtlarda mening matnlarim aniq bir mavzuga ega boʻlmaydi. Men shunchaki oʻsha paytdagi hislarimni qogʻozga tushiraman, matnlarimning tarkibini tushuntirish qiyin. Men yozayotgan narsalar biz qilayotgan musiqaga javobdir. Deftones'ning musiqasi pop emas, uning baxtli hissiyotlarga aloqasi yoʻq. Paradoks, ammo mening albomdan eng yaxshi koʻrgan qoʻshiqlarim muhabbat haqida, boshqa qarash burchagi ostidagi muhabbat haqida". Shularga qaramay, Chino irqchilik, prostitutsiya, urban vahshiylik va narkotiklar kabi ijtimoiy muammolar haqidagi qoʻshiqlari bilan mashhur.

Musiqa[tahrir]

Deftones'ning albomi White Pony albomi ustida ishlayotganlarida Chino oʻzining sayd-proekti - Team Sleepda ish boshlaydi. Chinoga The Cure, The Smiths, Duran Duran, Depeche Mode, Helmet, Jawbox, Faith No More, Mr. Bungle, Kool Keith, Bad Brains, va Weezer guruhlari taʻsir koʻrsatgan va Deftones'ning ohirigi albomi (Saturday Night Wrist) barcha guruhlarning yoʻnalishlari orasidagi kompromiss, Adrenaline albomidagi brutallik va White Ponyda eshitilgan melodiyaviylik orasidagi oltin oʻrtalikdir.

Hamkorlik[tahrir]

Havolalar[tahrir]