Chingiz Ahmarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chingiz Ahmarov

Haqiqiy ismiAhmarov Chingiz Gabdurahmonovich
Tavalludi 18-avgust 1912-yil
Troitsk
Vafoti 13-may 1995-yil(1995-05-13)
(82 yoshda)
Toshkent
Millati tatar
Mashhur suratlari "Amir Temur va Bibixonim", „Amir Temur va darvish“, „Amir Temur va Boyazid“.
Mukofotlari Xalqlar doʻstligi ordeni

Chingiz Gabdurahmonovich Ahmarov (1912.18.8, Troitsk shahri, hozirgi Chelyabinsk viloyati — 1995.13.5, Toshkent) — monumentalist rassom, Oʻzbekiston xalq rassomi (1964). Ijodida Sharq minia-tyu-rasi anʼanalarini davom ettirib, milliy musavvirlik maktabini yaratdi. Perm badiiy texnikumida (1927-30), V. Surikov nomidagi Moskva badiiy institutida (1935-42) taʼlim olgan. A. oʻzbek tasviriy sanʼatining milliy oʻziga xosligi borasida xalqning boy va goʻzal badiiy merosining ilgʻor anʼanalarini hozirgi zamon sanʼatiga ijodiy singdirishda faol xizmat qildi. Asarlarida ijodkorlik ruhi bilan yashayotgan zamon-doshlarining goʻzal va yoqimtoy, tabiati murakkab va nafis qiyofalari tasvirla-nadi. Ijodini 30- yillarda dastgoh ras-somligi va grafika sohasida asarlar yaratish bilan boshlagan (Sh. Sulaymonning „Li Chu“ kitobini bezagan, 1934; „Mushtum“, „Mash’ala“ jurnallari uchun rasmlar chizgan; „Qiz portreti“, „Bola portreti“, „Akam portreti“ va boshqalar). 2- jahon urushi yillarida vatanparvarlik ruhidagi asarlarni yaratdi („Oʻzbekiston qilichi“ triptixi, 1942). Dastlab Navo-iy teatri foyesiga Navoiy „Hamsa“si mavzulari asosida mahobatli devoriy rasmlarni (1944 — 47) ishladi. Shu davrdan boshlab Sharq mavzui A. ijodidan keng oʻrin oldi. Qozon opera va balet teatri (1959), Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi (1968), Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti (1968 — 69), Samarqanddagi Ulugʻbek memorial mu-zeyi (1964), „Yulduz“ restorani (1970), Hamza nomidagi Sanʼatshunoslik instituti (1980) va boshqa binolarga (hammasi ham ale-bastrga tempera bilan) devoriy rasmlarni chizdi. 50- yillardan koʻp qirrali ijodkor sifatida koʻzga tashlandi: portretlar (M. Turgʻunboyeva, 1952; rassom R. Temu-rov, 1961; shoira Zulfiya, 1965; Halima Nosirova, „Yosh Navoiy“, 1968), teatr 866spektakllari va kinofilmlarga chizgilar (M. Shayxzodaning „Mirzo Ulugʻbek“ fojiasiga, Hamza teatri, 1964; „Ulugʻbek yulduzi“, „Ikki dil dostoni“ filmlariga), kitob bezaklari (Oybekning „Na-voiy“ romani, 1951; „Ravshan“ eposi, 1958 va boshqalar), maishiy lavhalar („Buxorocha raqs“, „Xorazmcha raqs“, „Xush kelibsiz“, hammasi ham 1971), rasmlar („Indoneziya taassurotlari“ turkumi, 1964), amaliy sanʼat buyumlari uchun chizgilar (chinni laganlar uchun rasmlar, 60 — 70- yillar) ham yaratdi. Toshkent metropolitenining „Alisher Navoiy“ bekati, Ama-liy sanʼat muzeyi binosi devorlariga ishlagan asarlari (80 — 90- yillar) ham jozibalidir. Soʻnggi yillarda „Amir Temur va Bibixonim“, „Amir Temur va darvish“, „Amir Temur va Boyazid“ kabi asarlarini yaratdi (1992 — 95). Asarlari Oʻzbekiston sanʼat muzeyida, Amaliy sanʼat muzeyida, Navoiy nomidagi Ada-biyot muzeyida, Qoʻqon adabiyot muzeyida va boshqa muzeylarda saqlanadi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968).[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Umarov A., Chingiz Ahmarov, T., 1974; Chingiz Ahmarov: Albom, T., 1982.Abdulhay Umarov.