Chilonzor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chilonzorning eng birinchi gʻishtin uylaridan biri (Arnasoy va Muqimiy koʻchalari kesishmasi). Sentabr, 2007-yil.

Chilonzor Toshkent shahrining janubi-gʻarbiy tumanidir. 1963-yilda rasman tashkil etilgan. Maydoni — 2 530 gektar. Uchtepa, Shayxontoxur, Yakkasaroy, Sirgʻali tumanlari bilan chegaradosh.

Toshkent chekkasidagi Chilonzorda 1956-yildan boshlab zamonaviy binolar qurila boshlandi. 1966-yilgi zilziladan soʻng tumanda keng miqyosda qurilish ishlari boshlab yuborildi. Hozirda Chilonzor infratuzilmasi eng yaxshi rivojlangan tumanlardan biridir.