Chiangmay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chiangmay, Chiyengmay - oʻrta asrlarda Shim. Tailand hududida mavjud boʻlgan davlat. 1296 y. knyaz (keyinchalik qirol) Mangray Xaripundjayyani bosib olib, asos solgan shahar nomidan olingan. 1556 y. Myanma tomonidan bosib olingan. 16—18-a.larda Ch. goh Myanma yoki Siam (Ayutiya) vassali, baʼzan mustaqilligini tiklagan. 1775 y. uzilkesil Siam qirolligi tarkibiga kiritilgan.