Cheklangan trafik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Cheklangan trafik[1] (ingl. bandwidth cap, data cap — „trafik qopqogʻi“, „maʼlumot qopqogʻi“) yoki trafik limiti[2] deb veb trafikka qoʻyilgan cheklovga aytiladi. Internet-provayderlar trafik limitini koʻp foydalanuvchilari bor kanalga bosimni kamaytirish uchun qoʻyishadi. Xorijda shuningdek Fair Access Policy („odil foydalanish siyosati“) yoki Usage-based billing („isteʼmolga asoslangan hisob“) deb ham ataladi.

Cheklangan trafik internet ommalashayotgan paytlarda kiritilgan edi, hozirda aksariyat mamlakatlarda bekor qilingan. Biroq trafik limiti ayrim mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekiston,[1][2] Indoneziya,[3] AQSh[4] va Avstraliyada[5] u yoki bu shaklda saqlanib qolgan.

Manbalar[tahrir]