Charles Koch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Charles Koch
Charles de Ganahl Koch
Tavalludi 1-noyabr 1935-yil (1935-11-01) (88 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Otasi Fred Chase Koch
Onasi Mary Clementine Koch[1]

Charles de Ganahl Koch (/kk/, KOHK; 1935-yil 1-noyabrda tugʻilgan) – amerikalik milliarder va tadbirkor. 2023-yil noyabr holatiga koʻra, Bloomberg milliarderlari indeksida 22-oʻrinni egalladi, uning boyligi 60 milliard dollarni tashkil qiladi[2]. Koch 1967-yildan beri Koch Industries kompaniyasining egasi, raisi va bosh ijrochi direktori. Uning marhum akasi David Koch esa ijrochi vitse-prezident lavozimida ishlagan. Charles va David konglomeratning 42% ga egalik qilishgan. Aka-uka biznesni otasi Fred C. Kochdan meros qilib oldi, keyin biznesni kengaytirdi[3]. Forbes maʼlumotlariga koʻra, Koch Industries AQShdagi daromad boʻyicha eng yirik xususiy kompaniya hisoblanadi[4].

Koch shuningdek, insonparvarlik tadqiqotlari instituti, Kato instituti, Ayn Rend instituti va George Mason universiteti qoshidagi Merkatus markazini oʻz ichiga olgan bir qator libertar tahlil markazlarini qoʻllab-quvvatlaydi[5]. Respublikachilar partiyasi va nomzodlarga, libertar guruhlarga va turli xayriya, madaniy muassasalarga homiylik bilan hissa qoʻshadi. U Vashingtonda joylashgan Kato institutiga asos solgan. Koch akasi bilan birgalikda atrof-muhit muhofazasi tahlil markazlarining homiysi boʻlgan. Koch oʻzining biznes falsafasi haqida toʻrtta kitob nashr etdi: „Market Based Management“ (Bozorga asoslangan boshqaruv, 2006), „The Science of Success“ (Muvaffaqiyat ilmi, 2007), „Good Profit“ (Yaxshi foyda, 2015), va „Believe in People“ (Odamlarga ishoning, 2020)[6][7][8][9][10][11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. „Bloomberg Billionaires Index: Charles Koch“. Bloomberg. Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.
  3. Ferguson, Andrew (April 21, 2011). „The 2011 Time 100“. Time. April 25, 2011da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: April 22, 2011.
  4. „America's Largest Private Companies“. Forbes (2020). Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
  5. „Ayn Rand Institute - Ties to the Koch Brothers“. SourceWatch. Qaraldi: 2020-yil 2-mart.
  6. „Charles Koch’s New Book Out Tuesday“ Biz Journals, Wichita, October 12, 2015. ISBN 978-0147520470
  7. 2006 ISBN 978-1931721998
  8. Charles G. Koch (2007).
  9. „Charles Koch’s New Book Out Tuesday“ Biz Journals, Wichita, October 12, 2015. ISBN 978-0147520470
  10. 2006 ISBN 978-1931721998
  11. „"Believe in People" By Charles Koch & Brian Hooks“ (en-US). Believe In People. Qaraldi: 2023-yil 6-sentyabr.