Buyuk Karl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buyuk Karl (742.2.4814.28.1) -franklar qiroli (768 y.dan), imperator (800-y.dan), karolinglar sulolasi uning nomi bilan atalgan. Uning bosqinchilik urushlari (773—774 y.larda Italiyadagi Langobard qirolligiga, 772—804 y.larda sakslar yeri va b.ga qarshi) natijasida katta imperiya vujudga kelgan. B. K.ning olib borgan siyosati (cherkovga homiylik qilish, sud va harbiy islohotlar va b.) Gʻarbiy Yevropada yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishida muhim boskich boʻlgan. B.K.ning imperiyasi uning vafotidan soʻng bir oz vaqt oʻtgach, parchalanib ketgan.

Buyuk Karl 742 yili tug‘ilgan u sulola asoschisi Pipin Pakananing o‘g‘li bo’lib, Franklar qirolligini 46 yil boshqargan. “Buyuk” nomi tarixchilar tomonidan 53 marotaba harbiy yurishlar qilganligi sabab berilgan. U yirik saltanat tuzadi. Karl haqida ko‘plab hikoyalar, asarlar, afsonalar, rivoyatlar va qo‘shiqlar yaratilgan. Uning ismidan “korol” ya’ni “qirol” unvoni kelib chiqqan. Buyuk Karl 773-yili german qabilasi langobardlarga qarshi jang boshlaydi, langobardlar qiroli Dezideriy mag‘lub etiladi. Karlning jiyani Roland Arab xalifaligi istilo qilgan Ispaniyaga qarshi jangda halok bo‘ladi.

Reyn daryosining o‘ng sohilida yashovchi sakslarga qarshi urushlar 30 yildan ortiq davom etadi. Bu urush Karl uchun ancha murakkab kechadi. Sakslar germanlarning Karlga bo‘ysunmagan so‘ngi yirik qabilasi bo‘lgan.Ammo baribir franklarga bo‘ysunganlar.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil