Butparastlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Butparastlik — but, sanamlarga sigʻinish odati. Fetishizm, majusiylik kabi ibtidoiy dinlarga xos. Butparastlar butni, sanamni xudolar qiyofasi, timsoli deb bilganlar. Majusiylikdagi B. odati hinduizm, buddizm kabi dinlarda ham saqlanib qolgan. Hinduizm va buddizmda haykalchalarga choʻqinishadi. Islom dini shakllanishidan oldin Saudiya Arabistonidagi qabilalarda B. odati boʻlgan, ya’ni har bir qabila oʻz xudosiga, uni ifodalovchi butga topingan. Bunday butlar Makkadagi diniy ibodatxona — Ka’bada 300 dan ortiq edi. Islom dini shakllanib, yakka xudoga sigʻinish paydo boʻlgandan soʻng butlar Ka’badan chiqarib tashlandi. Koʻp xudolikka e’tiqod qiladigan qabilalarda, xususan, Afrikadagi ayrim qabilalarda B. hali ham bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil