Bulgʻor tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bulgʻor tili
Mintaqalar Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz
Holati oʻlik
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Oltoy tillari

Turkiy tarmoq
Bulgʻor guruhi
Alifbosi arab
Til kodlari
ISO 639-1 -
ISO 639-2 -
ISO 639-3 XBO
132 belgili bulgʻor runasi. P. Dobrevu

Bulgʻor tili — qadimgi bulgʻor qabilalarining tili. Bulgʻorlar avval Xun qabilalari ittifoqiga kirgan, slavyan, fin-ugor davlatlari bilan aloqada boʻlgan. 9 — 11 asrlardan saqlangan daraklardagi (14 — 15 asrlar) yozuvlarga, tarixiy ismlar tuzulishiga qaraganda, bulgʻor tili hozirgi chuvash tiliga yaqin boʻlgan. Bu ikkalasi turkiy tilining bulgʻor guruhiga mansub. Bulgʻor guruhidagi tillarning oʻzga turkiy tilidan oʻzgachaligi — „z“ oʻrniga „r“, „sh“, „s“ oʻrniga „l“ harfining foydalanishidir. Bulgʻor tili hozirgi boshqir, tatar tillarining shakllanishiga sabab boʻldi. Koʻchmanchilar bulgʻorlarni 7 — 9 asrlarda hozirgi Rossiyaning janubiga tomon quvganida, ularning bir boʻlagi vengr va slavyanlarning tarkibiga kirgan, shuning natijasida ularning tiliga bulgʻor sozʼlari koʻplab kirgan.

Bulgoʻr tili — qad. bulgʻor xalqining tili. Aholisi turkiy qabilalar uyushmasidan iborat boʻlgan Bulgʻor davlati hozirgi Volga va Kama daryolarining boʻylarida 10-asrda vujudga kelgan. Bu davlat inqirozga uchragandan keyin qabila va xalqlarning Bulgʻor ittifoqi tarqalib ketgan. Bu til toʻgʻrisida vizantiyalik, yevropalik, arman va arab sayyohlarining xotiralarida, shuningdek qabr toshlarida saqlangan maʼlumotlar, kishi va joy nomlari asosida fikr yuritish mumkin. Bular Bulgʻor tilining baʼzi xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Masalan, qad. turkiy tillardan "z" oʻrnida "r", "sh" oʻrnida "l" mavjudligi bilan farq qilgap: kyor — kuz; xyol — qish. Bulgʻor tili qad. tillardan hazar, hozirgi tillardan chuvash tiliga yaqin turadi. Bu 3 til birgalikda turkiy tillarning bulgʻor guruhini tashkil qiladi.[1]

Bulgʻorcha, tatarcha va chuvashcha soʻzlar jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Voljskli-bulgʻorcha soʻzlar (r-uslub) Taxminan transliteratsiya Zamonaviy chuvashcha analog Zamonaviy tatarcha analog Soʻz maʼnosi
هیر хир хĕр кыз qiz
اول авл (аул) ывăл ул oʻgʻil
آیح айх уйăх ай (айгы) oy
جال джал çул ел (джыл) yil
تواتو، تواتة туату, туата тăват(ă) дүрт toʻrt
آلط، آلطی алты, алт улт(ă) алты olti
جتی، جیات джиат, дж-ти, джиете çич(ĕ) җиде etti
سکر с-к-р сакăр сигез sakkiz
طحر، طحور т-хур, т-х-р тăхăр тугыз toʻqqiz
وان ван, уан вун(ă) ун oʻn
جیریم، جرم джирим, дж-р-м çирĕм егерме (җегерем) yigirma
ووطر вут-р вăтăр утыз oʻttiz
جور джур çĕр йөз yuz
ﺍﺣﺮﺖ ахират ахрат ахирэт oxirat
ﺍﻜ ике икӗ ике ikki
ﺩﻨﻴﺎﺮﻦ дэньядан, дуньядан, дуньяран (dunyaran) тӗнчерен дөньядан dunyodan
ﺑﺎﻘﻲ бакый бакый boqiy

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Bulgʻor tili" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]