Buganda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buganda (Byganda) — oʻrta asrlarda Afrikada mavjud boʻlgan davlat (14— 19-a. oxiri). Etnik asosini ganda (baganda) xalqi tashkil etgan. 18-a. oxirigacha Unorota tobe boʻlgan. 19-a.da qudratli davlatga aylangan. Mustamlaka urushlari davrida, 1890 y.dan Britaniya mulklari tarkibiga kiritilgan, 1900 y.dan Uganda protektoratining muxtor viloyati, 1962 y.dan mustaqil Uganda tarkibida (1967 y.gacha muxtoriyat huquqiga ega boʻlgan).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil