Bugʻ mashinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BUGʻ MASHINASI — birlamchi porshenli dvigatel; bunda siqilgan suv bugʻining potensial energiyasi mexanik ishga aylanadi. Uzluksiz ishlaydigan B. m. loyihasini I. I. Polzunov ishlab chiqqan (1763). Universal dvigatel sifatida 1774—84 y.larda J. Uatt yaratgan. 19-a. oxirigacha sanoat va transportda yagona dvigatel boʻlgan. B.m. ni rivojlantirish ishi fka va zavodlar, elektr stansiyalari, parovoz, kema va lokomobillar uchun, q. x. va mahalliy sanoat ehtiyojlari uchun statsionar B. m. yaratishga olib keladi. B. m.ning tortish harakteristikasi yaxshi, ortiqcha nagruzka va reverslashga moslashuvchan, puxta va oddiy tuzilgan. Quvvati 15 MVt gacha, f. i. k. 20—25% ga yetadi. Kamchiligi iqtisodiy samaradorligi pastligi va quvvati cheklanganligidir.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil