Bruno

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bruno (Bruno) - Jordano Filippo (1548, Nola 1600.17.2, Rim) italyan faylasufi, kosmologi va shoiri; panteizm namoyandasi. B. xristian ilohiyoti asoslari bilan birga N. Kopernik nazariyasini oʻrgandi. U yoshligidan turli nazariyalarga tanqidiy koʻz bilan qarab, har bir masala boʻyicha oʻzining mustaqil fiqolarini qaramaqarshi qoʻyadi. Baʼzan uning bunday mustaqil gʻoyalari cherkov va xristianlik aqidalariga zid keladi. Hurfiqoliligi uchun inkvizitsiya tomonidan qattiqtaʼqib qilindi. B. taʼqibdan qochib Neapoldan Rimga oʻtdi, soʻngra Shveysariya, Fransiya, Angliya, Germaniyada yashadi. Untlarda astronomiya, falsafa va mnemonika, yaʼni xotirani rivojlantirish sanʼatidan maʼruzalar oʻqidi. Sxolastik falsafaga, katolik cherkoviga qarshi asarlar yozdi. Oʻz taʼlimotini "Nola falsafasi" deb atadi. 1592 y.da rohiblar uni aldab Venesiyaga taklif qildilar va inkvizitsiya qoʻliga topshirdilar. B. dahriylik (yereslik)da ayblanib, 8 y. qamoqda yotdi. Lekin oʻz dunyoqarashidan qaytmadi. Katolik cherkovi B.ni gulxanda yoqib yubordi. B.ning dunyoqarashi yunon faylasuflari, N. Kopernikning geliotsentrik sistemasi taʼsirida shakllandi. U geliotsentrik gʻoyani yanada rivojlantirdi, Quyosh sistemasidan tashqarida tirik mavjudotlar yashaydigan olamlar borligi haqida zamonasi uchun dadil fiqolar bayon etdi. Hamma narsa harakatda, uzluksiz rivojlanishda, yeru osmonda tabiat qonunlari mavjud deb billi. Lekin xudo tabiatda — narsalarning oʻzida deb tushundi. B. fan uchun kurashdi. B.ning asosiy asarlari: "Gʻoyalar soyasi haqida" (1582), "Sabab, ibtido va yakkayuyagona haqida" (1584), "Cheksizlik, koinot va olamlar haqida" (1584), "Kuldagi ziyofat" (1584), "Pegas sirlari" (1585). [1]



  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil