Bronxoskopiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bronxoskopiya (bronx va yun. Skopeo — koʻraman, tekshiraman) — hiqildoq (traxeya) va bronxlarning ichki yuzasini maxsus asbob — bronxoskop yordamida bevosita koʻrib tekshirish usuli. Bu asbob bir uchida optik va yoritgich sistemasi boʻlgan metall naychadan iborat. B. qilinganda naycha ogʻizdan tomoqorqali (yuqori B.) yoki hiqildoqni kesib bronxlarga kirgiziladi (quyi B.) Hozir Yaponiyaning "Olympus" hamda Germaniyaning "Fujinon" (Fujinon), "KarlShtors" (KarlZtorz) firmalarida ishlab chiqarilgan bronxoskoplar mavjud. Ular obʼyektni suratga olish, unga dori moddalari yuborish hamda bronx yoʻlidan yot jismlarni, shuningdek undagi oʻsmalarni olish, kuydirish moslamalariga ega. Ularning eng zamonaviysi elektron videoendoskop va skanner bilan birga endoskopiya qiladigan apparatdir; bu apparatlar bilan B. qilinganda teleekranda rangli tasvir hosil boʻlib, atrofdagi toʻqimalarni ultratovush tekshiruv maʼlumotlari ham ekranda koʻrinadi. B. kasallikni aniqpash hamda davolash maqsadida qoʻllaniladi. B qilishdan oldin bemorning umumiy ahvoli, kasallik holati obdan tekshiriladi. Shu bois davo B.si bir necha bosqichda olib boriladi. B. zaruriyati tugʻilganda vrach ruxsati bilan qilinadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil