Britaniya muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Britaniya muzeyi — jahondagi eng yirik muzeylardan, Londonda. Yevropada birinchi davlat muzeyi. 1753 y.da asos solingan, 1759 y.dan ishga tushgan (binosi ingliz so‘nggi klassitsizmi uslubida qurilgan, 1823—47, me’mor R. Smyork; toshlar yig‘imi), Yevropa, Osiyo, Afrikaning O‘rta asrlar san’ati yodgorliklari (arab, Eron, Uzoq Sharq kulollik buyumlari, Benin bronzasi), shuningdek rasm, gravyura, kulollik buyumlari, tanga, medallar to‘plangan. Muzeyning etnografiya bo‘limidan Afrika, Amerika, Okeaniya va b. xalqlar madaniy yodgorliklari keng o‘rin olgan. Firdavsiyning Muhammad Jo‘qiy tomonidan ko‘chirilgan "Shohnoma"si (1440, 31 miniatyura b-n bezatilgan), "Boburnoma"ning qo‘lyozmasi (16-a. 2-yarmida ko‘chirilgan), Amudaryo xazinasi (1877, Amudaryo sohilidan topilgan) va b. shu muzeyda saqlanadi. B. m. kutubxonasida 7 mln.dan ortiq kitob, taxm. 105 ming qo‘lyozma, taxm. 100 ming hartiya (qo‘lyozma hujjat) va yorliq, 3 mingdan ortiq papirus bor. 1926 y.dan muzey o‘z jur.ni nashr etadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil