Brian Greene
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
![]() Brian Greene World Science Festivalda (2008) |
|
| Tavalludi | 9-fevral, 1963 (50 yoshda) New York City, AQSh |
|---|---|
| Fuqaroligi | |
| Sohasi | Fizika |
| Institutlar | Cornell Universiteti Columbia Universiteti |
| Alma mater | Stuyvesant High School Harvard Universiteti Oxford Universiteti |
| Akademik rahbarlari | Graham G. Ross James Binney |
| Mashhur ishlari | Torlar nazariyasi The Elegant Universe The Fabric of the Cosmos |
Brian Greene (talaffuzi: Brayan Grin; 9-fevral, 1963) amerikalik fizik-nazariyotchidir. 1996-yildan Columbia Universiteti professori. Greene torlar nazariyasi, xususan, koʻzgu simmetriya sohasida ishlaydi. U shuningdek topologik flop-oʻtish ustida ilmiy ish olib borgan. Greene fanni ommaboplashtirish bilan ham shugʻullanadi, u bu yoʻlda Nozik Olam, Ikar va Vaqt Chegarasi, Koinot Matosi, Yashirin Voqeʼlik kitoblarini yozgan, tele- va kinofilmlarda suratga tushgan.
