Brejnev Leonid Ilich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Brejnev Leonid Ilich (1906.19.12, Dneprodzerjinsk — 1982.10.11, Moskva) — KPSS MK 1 (196466) va bosh (1966—82) kotibi, sobiq Ittifoq Oliy Kengashi Prezidiumi raisi (196064, 197782). Marshal (1976). 1941—45 y.lardagi urushda siyosiy ishda. 1946 y.dan Ukraina KP(b) Zaporojye, Dnepropetrovsk viloyat qoʻmitalarining 1kotibi, 1950—52 y.larda Moldaviya KP(b) MK 1kotibi. 1953 y.dan Armiya va Harbiydengiz floti Bosh siyosiy boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari. 1954—56 y.larda Qozogʻiston KP MK 2kotibi, 1kotibi. 1952— 53, 1956—60, 196364 y.larda KPSS MK kotibi. N. S.Xrushchyovni ishdan majburlab ketkazish tashkilotchilaridan biri (1964). B. bosh kotiblik lavozimida ishlagan paytda mamlakatda turgʻunlik kuchaydi, iqtisodiyotda, jamiyatning ijtimoiy va maʼnaviy sohalarida salbiy jarayonlar avj oldi. Iqtisodiyotda ekstensiv omillarga zoʻr berildi. Chexoslovakiyaga intervensiya amalga oshirildi (1968), Afgʻonistonga qoʻshinlar kiritildi (1979).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil