Braun Karl Ferdinand

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BRAUN (Braun) Karl Ferdinand (1850.6.6, Fulda — 1918.20.4, NyuYork) — nemis fizigi. Ilmiy ishlari radiotexnikaga oid. Elektr tebranishlarni tekshirish maqsadida B.naychasi (trubkasi)ni taklif etgan, Kristallarda unipolyar oʻtkazuvchanlik xossasini anikdagan va shu asosda kristall detektorlarni yaratgan. B. antennaning bir necha turini yasagan. Nobel mukofoti laureati (1909, G. Markoni bilan hamkorlikda).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil