Bolalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ushbu maqola musiqa guruhi haqidadir. Kichik yoshdagi odamlar uchun Bola maqolasiga qarang.
Bolalar
Tokhir Sodikov performing in NYC.jpg
Tohir Sodiqov va „Bolalar“ guruhi New Yorkdagi Millennium teatrida
Kelib chiqishi Toshkent, Oʻzbekiston
Mamlakat Oʻzbekiston
Faoliyat 1989 - hozirgi kungacha
Janr rock, pop
Leybl Kelajak Records
Tarkib Tohir Sodiqov
Timur Gaynutdinov
Anvar Salohutdinov
Tofik Morduxayev
Vagif Zokirov
Sobiq aʼzolar Bahodir Po‘latov
Husan Sodiqov
Javohir Zokirov
Nargiza Zokirova
Ruslan Sharipov
Toir Odilov

„Bolalar“ — 1989-yil Bahodir Po‘latov va Tohir Sodiqov tomonidan tuzilgan o‘zbek pop-rok guruhi. Guruhning hozirgi tarkibi Tohir Sodiqov (vokal, ritm gitara), Timur Gaynutdinov (solo-gitara), Anvar Salohutdinov (bas gitara), Tofik Morduxayev (barabanlar), va Javohir („Vagif“) Zokirovdan (sintezator) iboratdir. „Bolalar“ AQShda konsert bergan va iTunesda albom chiqargan O‘rta Osiyolik birinchi guruhlardandir.[1][2][3] „Bolalar“ guruhi shu kungacha minglab sovrinlar olgan. Guruh 2001- va 2002-yilda „Eng yaxshi guruh“ nominatsiyasida „Tarona“ mukofotini oldi. 2001-yil guruhga „Kerak emas“ qo‘shig‘i uchun „Eng yaxshi qo‘shiq“ nominatsiyasida „Tarona“ berildi.[4] Guruh olgan diplom va sertifikatlar soni esa 500 ga yaqindir.[5] Guruhning ko‘p yillardan beri qo‘shiqchisi bo‘lib kelayotgan Tohir Sodiqov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistdir.[6] Ko‘pchilik „Bolalar“ guruhi bilan rus guruhi Laskoviy Mayni „90-yillarning afsonalari“ deb ataydi."[7][8]

Tarixi[tahrir]

„Bolalar“ guruhi 1989-yil Tohir Sodiqov va u bilan birga Toshkentdagi 41-maktabga borgan do‘stlari Ruslan Sharipov, Bahodir Po‘latov, va Javohir Zokirovlar tomonidan tuzilgan. Guruhning ilk badiiy rahbari va bastakori Ruslan Sharipov edi. 1989-yil guruh O‘zbekistonda „Bolalar“ deb nomlangan qo‘shiq bilan juda tez shuhrat qozondi.[9] 1990-yilda „Bolalar“ ularga yanada ko‘proq shuhrat keltrigan ilk albomlari „Esingdami sening“ ni chiqarishdi. Guruhning ilk tarkibida Bahodir Po‘latov, Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi), Javohir Zokirov, Nargiza Zokirova, Ruslan Sharipov, Tofik Marduxayev, Toir Odilov, va Tohir Sodiqovlar bor edi.

Guruh a‘zolariga o‘zbek rok-n-roll qo‘shiqchisi Davron Gaipov va o‘sha paytda mashhur bo‘lgan rus guruhi „Laskoviy May“ ta‘sir ko‘rsatishgan. „Laskoviy May“ning qo‘shiqchisi bo‘lgan Yuriy Shatunov va Tohir Sodiqov 2009-yil Toshkentda birga qoʻshiq aytishdi. „Bolalar“ guruhi aʼzolari katta sahnaga ilk bor 1990-yilning fevrlal oyida chiqishgan. 2000-yillarda „Bolalar“ning ko‘p a‘zolari birin-ketin guruhni tark etishdi. Ammo guruh aʼzolari onda-sonda birga qoʻshiq ijro etib turishadi.

Diskografiya[tahrir]

„Bolalar“ guruhining ilk albomi „Esingdami sening“ albomidir. Bu albom 1990-yil yanvar oyida chiqarilgan. 2007-yil 22-yanvarda guruhning „The Very Best of the Fontana Years“ („Fontana yillarining eng sarasi“) degan albomi iTunes musiqa magazinda chiqarildi.[3] „Bolalar“ guruhi iTunesda albom chiqargan ilk o‘zbek guruhidir. „Bolalar“ guruhi shu kungacha jami 28 ta musiqiy albom, 280 dan ortiq qoʻshiq, 10 ga yaqin klip chiqardi.[8] Keyingi yillarda Tohir Sodiqov o‘zi solo artsist sifatida ijod qilmoqda.

Musiqa stili[tahrir]

„Bolalar“ guruhining musiqasi asosan pop rok va experimental rokga kiradi. Guruh o‘z ijodi davomida turli xil stillarda qo‘shiq aytdi. Guruhning ilk ashualari faqat pop edi ammo „Bolalar“ tuzilganidan beri o‘tgan 20 yil davomida guruh bir nechta og‘ir rok qo‘shiqlarni ham chiqarishdi. Guruhning eng so‘nggi ashulalari uncha og‘ir rok emas, ammo stil jihatdan ancha boy va mukammaldir.

Tohir Sodiqov[tahrir]

Asosiy maqola: Tohir Sodiqov.
Tohir Sodiqov shogirdi va doʻsti Renat Sobirov bilan 2014-yilda

„Bolalar“ning qo‘shiqchisi Tohir Sodiqov do‘stlari Bahodir Po‘latov va Javohir Zokirov bilan birga 1989-yil maktabni bitirishi bilan „Bolalar“ guruhini tuzgan. Guruhning ilk yillarida Ruslan Sharipov badiiy rahbar va bastakor bo‘lgan. Tohir Sodiqov 2000-yillarinig o‘rtalaridan yakkaxon qo‘shiqchi sifatida ham qo‘shiq ayta boshladi. Sodiqovning „Kelajak Records“ deb nomlangan o‘z studiyasi bor. Tohir Sodiqov shu kungacha „Nihol“ va „Tarona“ kabi yuzlagan mukofot olgan.[10] Hozirgi kunda Tohir Sodiqov yakkaxon artist sifatida ishlashda davom etyapti. Sodiqov ashulalaring sheʼrini ham, musiqasini ham odatda o‘zi yozadi.[9]

Manbalar[tahrir]

  1. „Bolalar“ning New Yorkdagi konserti (ingl.). Uzbek TV New York. 11 may 2012.
  2. Zokirov, Dilshod. „Bolalar“ning yubileyidan maxsus reportaj. Shov-Shuv. 11 may 2011.
  3. 3,0 3,1 iTunes - Music - The Very Best of the Fontana Years by Bolalar (ingl.). Itunes.apple.com (2007-01-22). 2012-5-11.
  4. Yakovlev, Pyotr (14 may 2004). "Tarona: Bitiruvchi 2004 (rus.)". Novosti Uzbekistana. http://www.novostiuzbekistana.st.uz/19_197/kultura.htm. Qaraldi: 11 may 2012. 
  5. Tohir Sodiqov haqida.
  6. Bi-bi-si mehmoni - ‘...eng o‘ziga xos‘ estrada yulduzi Tohir Sodiqov. BBCning o‘zbek xizmati (8 mart 2010). 11 may 2011.
  7. Turdaliyeva, Muhayyo. Tohir Sodiqov va Yuroy Shatunov: 90-yillar haqida (rus.). Ziyo Net. 12 may 2012.
  8. 8,0 8,1 "90-yil afsonolari (rus.)". Afisha. 13 fevral 2009. http://www.afisha.uz/concerts/2009/02/13/legendyi-90-h/. Qaraldi: 12 may 2012. 
  9. 9,0 9,1 „Bolalar“ hamon repertuardan tushmayotir. Ozodlik Radiosi. 11 may 2011.
  10. 80-yillardan beri mashhur. Darakchi. 11 noyabr 2011.

Havolalar[tahrir]