Bobil kalendari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yer yuzida yaratilgan birinchi qamariy Kalendarning vatani deb Bobil hisoblanadi. Bobil kalendari yaratilishi eramizdan avvalgi uch minginchi yillarning о‘rtalariga tо‘gri keladi. Mesopatamiya – Dajla va Frot oraligining janubiga joylashgan Shumer mamlakatidagi shahar о‘z kalendariga ega edi. Bobil podshosi Hammurapi (er.av. 1792-1750 yillar) ikki daryo oraligidagi Uruk, Kish, Ur, Lagosh va boshqa shahar-davlatlarni о‘z kо‘l ostiga olib, yirik Bobil davlatini tuzdi. Bobil о‘sha vaqtda dunyodagi eng kuchli va boy mamlakatlardan biriga, ilm-fan, madaniyat, san’at hamda dengizchilikning markaziga aylangan edi. Bu yerda astronomiya fani ham keng rivoj topdi. Hammurapi podsholigi vaqtida Ur shaxrining kalendari Bobilning rasmiy kalendariga aylanadi. Aslida bu yerning ob-xavosi kuruk va jazirama issik bо‘lib, axolining xayoti bevosita baxorda tо‘lib okuvchi ikki daryo bilan bog’langan. Kishlok xо‘jaligi suv okimiga alokador edi. Buning uchun oldindan kakrab yotgan yerlarga suv chikarish kabi ogir ishlarni bajarishda kalendar kerak bо‘ldi. Kunduz kunlari jazirama Quyosh nurlari ostida ishlab bо‘lmas, buning uchun kechkurun ishlab, oy chikishi, oy fazalari va qamariy oyni о‘rganib boriladi. Avvaliga bu kalendar qamariy kalendar edi: u 29 va 30 kunlik 12 ta iborat bо‘lib, har oyning boshlanishi yangi oyning kо‘rinishiga tо‘gri kelardi. Yilning birinchi oyi Hozirgi kalendar bо‘yicha taxminan 22 mart – 22 aprelga tо‘gri kelgan. Yil esa yetti kunlik haftalarga bо‘lingan edi. Yil shunday bо‘lib davomiyligi 354 kunni tashkil qilgan. Koxinlar bu vaqt hisobini 4 ming yil mukaddam tuzganlar. Biroq ular amalda yilning necha kundan iboratligini aniq bilmaganlar. Tezda aniq bо‘ldiki, yangi yil 354 kundan keyin kelmadi. Chunki kalendar yilning boshlanishi daryo suvlarining toshishiga ham, yangi Oyning kо‘rinishiga ham tо‘gri kelmaydigan bо‘lib qoldi. Koxinlar bu noaniqlikni tо‘grilash uchun vaqti-vaqti bilan kalendarga 13-oyni kiritishdi. Har sakkizta yilning 2, 5, 7-yili 13-oydan, qolgan beshta yil esa 12 oylik yilligicha qoldi. Shunday qilib xо‘jalik xayot extiyojlari, turmush tarzidan kelib chiqib qamariy – shamsiy kalendar yuzaga keldi. Bu kalendarda vaqtni Oyga asoslanib hisoblash asosiy о‘rin egallasa ham, lekin bu hisob tabiatdagi о‘zgarishlarga, Quyoshning tabiatdagi harakatiga bog’langan edi. Bobil astronomlari eramizdan avvalgi 380 yillarda 19 yillik siklni kashf etdilar. Shundan sо‘ng eramizdan avvalgi IV asr oxirlaridan boshlab bu yerdagi qamariy kalendar – shamsiy kalendarga aylanadi. Qadimgi bobilliklar aniqrok kalendar yaratdilar, ammo, qamariy oyning davomiyligini 29,5 sutka hisoblab, aslida 29,5306 sutkaga teng ekanligini bilmadilar. Bu farq yil davomida 3 sutkaga oshib borgan. Ularning kalendari taxminiy edi. Chunki ular tropik yilning uzunligini (esda tuting: 365 kun 5 soat 48 daqiqa 46 soniya) aniq belgilay olmagan edilar. Ammo bobilliklar kalendari boshqa Xalqlarning Oyga qarab vaqtni hisoblashlari uchun asos qilib olingan.Qadimgi Bobilda 1 sutka 24 soatga bо‘linib, har soat kandaydir sayyora ta’sirida bо‘lgan. (bu xakda vuqorida tо‘xtalib о‘tgan edik). Shunday qilib bobilliklar uzok о‘tmishda xatto Oy va Quyosh tutilishlarini ham oldindan aytib berishgan. Bir oyni har biri 7 kundan iborat 4 qismga bо‘lishgan. Shu tarika hafta yuzaga keldi. Sutkani soatlar va daqiqalarga bо‘lishgan.


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.


Bu sahifa oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan.

Nuvola apps important yellow.svg

Iltimos, bu sahifaning imlosini tekshirib, xatolarni oʻnglang. Oʻzbek tilining imlo lugʻatlari:

Oʻzbek tilining imlo lugʻati (kirill yozuvida)
Oʻzbek tilining imlo lugʻati (lotin yozuvida)