Boʻgʻin (tilshunoslik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BOʻGʻIN — 1) (tilshunoslikda) soʻzning alohida talaffuz qilish mumkin boʻlgan kichik boʻlagi. Fransuz tilshunosi M. Gammon 1929 y. da B. nutq artikulyatsiyasidagi muskullarning kuchlanishiga asoslangan, degan fikrni ilgari surgan. Bunda nutq oqimidagi tovush tizimining izchil holatda kuchlanishi va boʻshashishi nazarda tutiladi, yaʼni nutq qismlari kuchlanish bilan boshlanadi va yuqori nuqtasidan kuchlanish bilan tugaydi. Shu takrorlanish boʻgʻinga ajralishdir. Bu o'zbek tilshunosi Ayub Gʻulomovning B. nutqning bir nafas toʻlqinidagi qismidir, degan qarashiga ham moye keladi. "Boshlangʻich" soʻzi 3 B. li boʻlib, har biri kuchlanish bilan boshlanadi. Unlisi baland nuqtasi hisoblanib, undoshda kuchsizlanib tugaydi. B. kuchli boshlanishi va kuchli tugashi ham mumkin; 2) (poeziyada) eng kichik oʻlchov birligi. Hijo deb ham ataladi. Sheʼr tpuzilishida muhim ahamiyatga ega. Bunda har bir soʻz alohida emas, balki ular nutq butunligi, soʻzlarning oʻzaro fonetik munosabatida qaraladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil