Bilyard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bilyard stoli va anjomlari.

Bilyard (fransuzcha: billiard, fransuzcha: bille — shar) — gorizontal yuzasiga movut qoplangan toʻgʻri toʻrtburchak stol, shuningdek shu stolda oʻynaladigan oʻyin. Billiard Hindiston va Xitoyda kelib chiqqan. XVI—XVIII asrlarda Yevropa (Fransiya)da tarqaldi. Billiard stolining toʻrt burchagi va ikki yonining oʻrtasi teshik boʻlib, teshiklarga toʻr xaltacha osilgan. Billiard oʻyinida fil suyagidan yoki mastikadan qilingan shar (diametri 61-61,5 mm), pishiq yogʻochdan yasalgan tayoqcha — kiy (uzunligi 140-150 sm) bilan urib teshikka tushiriladi. Ikki yoki toʻrt kishi tarafma-taraf boʻlib oʻynaydi. Hozirgi vaqtda „amerikancha“, „ruscha“, „snuker“ oʻyinlari keng tarqalgan.

Bilyard, billiard (frans. billard; bille — shar) — gorizontal yuzasiga movut qoplangan toʻgʻri toʻrtburchak stol, shuningdek shu stolda oʻynaladigan oʻyin. B. Hindiston va Xitoyda kelib chiqqan; 16—18-asrda Yevropa (Fransiya)da tarqaldi. B. stolining toʻrt burchagi va ikki yonining oʻrtasi teshik boʻlib, teshiklarga toʻr xaltacha osilgan. B. oʻyinida fil suyagidan yoki mastikadan qilingan shar (diametri 61—61,5 mm) pishiq yogʻochdan yasalgan tayoqcha — kiy (uzunligi 140—150 sm) bilan urib teshikka tushiriladi. Ikki yoki toʻrt kishi tarafmataraf boʻlib oʻynaydi. Hozirgi vaqtda "amerikanka", "moskvacha", "piramida", "snuker" oʻyinlari keng rasm boʻlgan.

(2011)

Oʻzbekistonda 1989-yil B. sporti federatsiyasi tuzilgan. Oʻzbekiston chempionligi va kubogi uchun musobaqalar muntazam oʻtkaziladi. Bu musobaqalarda Rustam Usmonov bir necha bor gʻolib chiqqan. Oʻzbekistonlik Dmitriy Xan (marhum) Vengriyada oʻtkazilgan musobaqada jahon chempioni unvoniga sazovor boʻlgan (1996). B.chilarimiz 1998-yil Bangkok (Tailand)da boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida qatnashishdi.[1]

Oʻzbekistonda 1989-yil Billiard sporti federatsiyasi tuzilgan. Oʻzbekiston chempionligi va kubogi uchun musobaqalar muntazam oʻtkaziladi. Bu musobaqalarda Rustam Usmonov bir necha bor gʻolib chiqqan. Oʻzbekistonlik Dmitriy Xan (marhum) Vengriyada oʻtkazilgan musobaqada jahon chempioni unvoniga sazovor boʻlgan (1996).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil